Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Toshkent davlat texnika universiteti yotoqxonasidan yuzlab talabalar chiqarib yuborildi

Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan yotoqxonadan talabalar chiqarib yuborildi.

TTahririyat 1 daqiqa

Toshkent davlat texnika universiteti huzurida davlat-xususiy sheriklik asosida bunyod etilgan talabalar yotoqxonasida yashovchi yuzlab yoshlar qiyin vaziyatda qoldi. Mazkur turar joy uchun to'lovni oldindan amalga oshirgan viloyatdan kelib o'quvchi yoshlarga 5-oktabr kuni binoni bo'shatish talabi qo'yilgan. Oradan bir kun o'tib, 6-oktabr kechki payt 300 nafarga yaqin talaba, jumladan qizlar ham binodan tashqariga chiqarib yuborilgan.

Talabalar e'tirozi va muammolar

Jabrlangan yoshlarning so'zlariga ko'ra, ular yotoqxona uchun to'lovni to'liq to'laganiga qaramay, kechki payt ko'chada qolishgan. Voqea joyiga universitet prorektori, prokuratura xodimi va uchastka inspektori kelib, binoni zudlik bilan bo'shatish zarurligini aytgan. Talabalar tunda qayerga borishini so'raganda aniq yechim taklif qilinmagan. Natijada imkoniyati borlar hostelga yoki tanishlarining uyiga ketishga majbur bo'lgan, boshqalar esa sarson bo'lgan.

O'quvchilar yotoqxonaning litsenziyasi yo'qligi masala talabalar joylashtirilib, pul olingandan keyin ma'lum bo'lganidan noroziligini bildirishgan. Ular bu holat yuzasidan Oliy ta'lim vazirligiga murojaat qilgan, biroq vazirlik litsenziya bo'lmasa buni ichki ishlar organlari hal qilishini bildirgan.

Vazirlik munosabati

Holat yuzasidan Ta'lim va ilm-fan vazirligi rasmiy izoh berdi. Unga ko'ra, Toshkent shahri Talabalar shaharchasida Toshkent davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan talabalar turar joyi hozircha rasman foydalanishga topshirilmagan.

Obyektning kadastr hujjatlari hali rasmiylashtirilmagan hamda undan foydalanish uchun zarur tegishli ruxsatnomalar olinmagan. Shu sababli binoga talabalarni rasmiy tartibda joylashtirish imkoni yo'q. Amaldagi qoidalarga ko'ra, talabalar turar joyiga joylashish uchun yoshlar Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali ariza topshirib, yo'llanma olishi kerak. Biroq tadbirkor tomonidan mazkur obyektga ayrim talabalar belgilangan tartibga rioya etilmagan holda, tegishli yo'llanmasiz joylashtirilgani aniqlangan.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi