Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari inklyuziv ta'lim markazi faoliyati bilan tanishdi

O'zbekiston va Germaniya davlat rahbarlarining rafiqalari inklyuziv kasbiy ta'limni rivojlantirishga qaratilgan markaz faoliyatini ko'zdan kechirdi.

TTahririyat 1 daqiqa

Samimiy muloqotdan so'ng davlat rahbarlarining rafiqalari Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Xalqaro inklyuziv hab faoliyati bilan tanishdi.

Inklyuziv ta'lim va kasbiy ko'nikmalar

Tashrif davomida mehmonlarga habning inklyuziv kasbiy ta'limni rivojlantirish, zamonaviy ta'lim texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, yoshlarni, jumladan nogironligi bo'lgan shaxslarni mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan kasb va ko'nikmalarga o'qitishga qaratilgan faoliyati haqida ma'lumot berildi.

O'quv ustaxonalari va muloqot

Birinchi xonimlar o'quv ustaxonalari va amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishib, ta'lim olayotgan o'quvchilar bilan muloqot qildi. Uchrashuv chog'ida yoshlarning kasbiy salohiyatini oshirish va ularni jamiyat hayotiga faol jalb etishga qaratilgan tashabbuslarga alohida e'tibor qaratildi.

Elke Byudenbender O'zbekistonda inklyuziv jamiyatni shakllantirish, kasbiy ta'limni rivojlantirish va yoshlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga yuqori baho berdi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi