O'zbekistonda ilk bor 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi o'tkaziladi
Markaziy Osiyo tarixida ilk bor Toshkentda o'tkaziladigan 58-Xalqaro kimyo olimpiadasiga dunyoning 95 ta davlatidan iqtidorli o'quvchilar keladi.

Markaziy Osiyo tarixida ilk bor nufuzli 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi mamlakatimizda tashkil etiladi. Ushbu yirik xalqaro ma'rifiy tadbir 2026-yilning 10-19-iyul kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tadi va yurtimizda olib borilayotgan ta'lim sohasidagi islohotlar hamda bilimga intilayotgan yoshlarning intilishlarini namoyish etadi.
Mazkur nufuzli musobaqa dunyoning 95 ta mamlakatidan tashrif buyuradigan eng iqtidorli o'quvchilarni bir yerga jamlaydi. O'zbekistonning ushbu tadbirga mezbonlik qilishi iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash hamda ilm-fan rivoji yo'lida xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan.
Xalqaro miqyosdagi ahamiyati
Musobaqa o'quvchilarimiz uchun turli xorijiy davlatlardagi tengdoshlari bilan do'stona aloqalar o'rnatishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, bu tadbir fan sohasidagi xalqaro ishonch belgisi bo'lishi bilan birga, yosh avlodning ilmiy salohiyatini rag'batlantirish va O'zbekistonning global ilmiy maydondagi nufuzini yana bir bor ko'rsatish yo'lidagi muhim qadam hisoblanadi.
Manba: UzA



