Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekistonda Kasbiy ta'lim agentligi faoliyatini tashkil etish tartibi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Kasbiy ta'lim agentligi va jamg'armasi nizomlari, shuningdek, yangi namunadagi diplom va sertifikatlar tasdiqlandi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta'lim agentligi hamda Kasbiy ta'limni rivojlantirish jamg'armasi faoliyatini tartibga soluvchi muhim qaror qabul qilindi. Ushbu hujjat asosida tegishli nizomlar rasman tasdiqlandi.

Yangi nizomlar va hujjatlar namunalari

Qarorga ko'ra, quyidagi hujjatlar va ularning tavsiflari tasdiqlandi:

  • Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta'lim agentligi to'g'risidagi nizom;
  • Kasbiy ta'limni rivojlantirish jamg'armasi to'g'risidagi nizom;
  • Boshlang'ich, o'rta va o'rta maxsus kasbiy ta'lim diplomlari hamda ilovalarining davlat namunalari;
  • Kompetensiyani (malakani) egallaganlik to'g'risidagi sertifikatlar va ularning ilovalari.

Agentlikning maqomi va vazifalari

Qabul qilingan nizomga muvofiq, yangi tashkil etilgan agentlik respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi. U kasbiy ta'lim va kasbga o'qitish sohasida yagona davlat siyosatini yuritadi. Shuningdek, ilg'or xorijiy tajribalarni tatbiq etish va xalqaro standartlarga javob beradigan yuqori malakali o'rta bo'g'in kadrlarini tayyorlash vazifalarini bajaradi.

Agentlik bevosita Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga bo'ysunadi va unga o'z ishlari yuzasidan hisobot beradi. U o'z faoliyatida mamlakat Konstitutsiyasi, qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, hukumat hujjatlari hamda mazkur nizomga amal qiladi. Agentlikning o'z vakolatlari doirasida chiqargan qarorlari barcha davlat organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy sanaladi.

Bitiruvchilarga beriladigan hujjatlar tartibi

2026-yil 1-sentabrga qadar ta'lim muassasalarida o'qishini yakunlaydigan bitiruvchilarga amaldagi dasturlar asosida davlat namunasidagi diplom yoki sertifikat berilishi belgilandi.

2026/2027 o'quv yilidan boshlab esa boshlang'ich, o'rta va o'rta maxsus kasbiy ta'lim dasturlarini tamomlaganlarga Ta'limning xalqaro standart tasniflagichi hamda Milliy malakalar ramkasining 3, 4 va 5-darajalariga mos keluvchi tegishli diplomlar taqdim etiladi. Qisqa muddatli kurslarni bitirgan fuqarolarga esa o'zlashtirgan modullariga qarab malakani egallaganlik haqidagi sertifikatlar beriladi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi