Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekistonda kasbiy ta'lim tizimini takomillashtirish va xalqaro hamkorlik yo'nalishlari

O'zbekistonda kasbiy ta'lim tizimini isloh qilish, xalqaro tashkilotlar bilan qo'shma loyihalarni amalga oshirish va zamonaviy kadrlar tayyorlash ishlari davom etmoqda.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirish va mehnat bozoriga mos kadrlar tayyorlash ustuvor vazifalardan biriga aylandi. Prezident farmoniga asosan Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida Kasbiy ta'lim agentligi tashkil etildi. Mazkur agentlik yoshlarning amaliy ko'nikmalarini oshirish, ularni talab yuqori bo'lgan kasblarga yo'naltirish hamda ta'lim va ishlab chiqarish o'rtasidagi bog'liqlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Xalqaro hamkorlik va qo'shma loyihalar

Sohani modernizatsiya qilish jarayonida yetakchi xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik muhim o'rin tutmoqda. Jumladan, Shveysariyaning Helvetes Swiss Intercooperation tashkiloti bilan birgalikda qiymati 12,5 million Shveysariya franki bo'lgan VYeT4UZ loyihasining birinchi bosqichi yakunlandi. 2021-2025-yillarga mo'ljallangan ushbu loyiha doirasida xususiy sektor ishtiroki kuchaytirilib, 2000 nafar pedagogning malakasi oshirildi, 750 nafar o'quvchi pilot loyihalarga jalb etildi. Shuningdek, 3 ta kasbiy standart takomillashtirilib, 4 ta malaka oshirish dasturi yangilandi va 500 nafardan ortiq pedagog Yevropa tajribasi asosida tayyorlandi.

Germaniyaning GIZ tashkiloti bilan hamkorlikdagi TexVET-II loyihasining birinchi bosqichida to'qimachilik sektori qamrab olinib, dual ta'lim va milliy malaka tizimidagi muammolarga yechimlar topildi. Loyihaning 2026-2028-yillarga mo'ljallangan ikkinchi bosqichida yana 5 ta yangi sektorni qamrab olish ko'zda tutilgan. Yevropa Ittifoqi moliyalashtirayotgan DARYA loyihasi doirasida esa texnikumlar faoliyatini 23 ta asosiy mezon va 577 ta indikator asosida baholash mexanizmlari taqdim etildi.

Yangi tashabbuslar va dual ta'lim

Kasbiy ta'limni rivojlantirish yo'lida qator idoralararo hamkorliklar ham yo'lga qo'yildi. Xususan, Kasbiy ta'lim agentligi va Milliy gvardiya o'rtasida imzolangan memorandum asosida muddatli harbiy xizmatchilarni kasb-hunarga o'qitish, xorijiy tillarni o'rgatish, sertifikatlash va bandligini ta'minlash choralari ko'rilmoqda. Shuning bilan birga, Germaniya taraqqiyot banki ko'magidagi TVET I loyihasi doirasida texnikumlarda o'quv modullarini dual ta'lim tamoyillari asosida yangilash boshlandi. Bu jarayonda o'quvchilarning amaliy ko'nikmalarini bevosita korxonalarda shakllantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi