Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekistonda xususiy kasbiy ta'limni rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash choralari belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev xususiy kasbiy ta'limni rivojlantirish va xususiy sektor ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari taqdimoti bilan tanishdi.

TTahririyat 2 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Prezident Shavkat Mirziyoyev xususiy kasbiy ta'limni rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Mamlakatda iqtisodiyot tarmoqlari uchun zamonaviy ko'nikmalarga ega mutaxassislar tayyorlash va aholi bandligini ta'minlash muhim vazifa hisoblanadi.

Yangi marralar va moliyalashtirish

Kelgusi uch yilda xususiy sektor ulushini oshirish orqali xalqaro standartlar asosida ochilgan o'quv va baholash markazlarining sonini hozirgi 50 tadan 200 taga yetkazish, xususiy kasbiy ta'lim bilan har yili 500 ming nafar aholini qamrab olish maqsad qilingan. Ayni paytda bu ko'rsatkich 45 ming nafarni tashkil etmoqda. Buning uchun 300 dan ortiq o'quv dasturlari qayta ko'rib chiqilib, xalqaro talablarga moslashtiriladi va kamida 1 ming nafar o'qituvchining malakasi oshiriladi. Dasturlarni moliyalashtirish uchun Bandlik jamg'armasidan 500 milliard so'm yo'naltiriladi. Yil yakunigacha sohani jihozlash dasturiga 100 million dollar jalb qilinadi, shuningdek, bitiruvchilar loyihalarini qo'llab-quvvatlash uchun 5 million dollarlik “Venchur jamg'armasi” tashkil etiladi. Shu yildan boshlab har yili “kasb vaucheri” dasturi uchun 20 milliard so'm ajratib boriladi.

Tadbirkorlarga beriladigan imtiyozlar

  • Xususiy kasbiy ta'lim tashkilotlari uchun zarur asbob-uskuna va jihozlarni bojxona bojidan ozod qilish, xorijiy o'qituvchilar va mutaxassislar uchun ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz etib belgilash taklif qilindi.
  • 2 yillik imtiyozli davr bilan 7 yilgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi. Bino qurilishi va ta'miri, shuningdek, uskunalar xaridi uchun olingan kreditlar foiz xarajatlarining 7 foizi qoplab beriladi.
  • Xorijiy mutaxassislar va malakali o'qituvchilarni jalb qilish, kasbiy malakani baholash uskunalari hamda dasturiy mahsulotlar xarajatlarining 30 foizi, xorijda tan olinadigan va milliy sertifikatlar xarajatlarining 50 foizi kompensatsiya qilinadi.
  • Tadbirkorlarga sotilgan yer uchun to'lovni 5 yilgacha foizsiz bo'lib to'lash, bo'sh turgan davlat obyektlarini kamida 5 yilga ijaraga olish, texnikumlardagi bo'sh binolardan bepul foydalanish imkoniyati beriladi.

Shu bilan birga, imtiyozlardan foydalangan tadbirkorlar binolarning kamida 60 foizida kasbiy tayyorgarlik va amaliy mashg'ulotlar o'tkazishi shart bo'ladi. Taqdimotda xususiy kasbiy ta'lim tashkilotlari uyushmasini tashkil etish, “Ko'nikmalar parki” ekotizimini yaratish va doimiy ishlaydigan raqamli muloqot platformasini yo'lga qo'yish rejalari ham ko'rib chiqildi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi