Tezkor
•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Nukus shahrida Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi boshlanadi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Nukus shahrida Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi boshlanadi

Milliy sertifikat sinovlariga ro'yxatdan o'tish tartibida muhim o'zgarishlar joriy etildi

Bilim va malakalarni baholash agentligi milliy sertifikat imtihonlariga ro'yxatdan o'tish jarayoni va ajratilgan o'rinlar bo'yicha tushuntirish berdi.

TTahririyat 2 daqiqa

Bilim va malakalarni baholash agentligi mamlakatimizda o'tkaziladigan milliy sertifikat imtihonlariga talabgorlarni ro'yxatga olish jarayonlari muddatidan oldin yakunlanayotgani bo'yicha yuzaga kelgan savollarga munosabat bildirdi. Hukumatning 2026-yil 29-iyuldagi 411-sonli qaroriga asosan, mazkur yo'nalishda yangi tartib amaliyotga tatbiq etilgan.

Yangi tartib va joylar cheklovi

Qaror talablariga muvofiq, imtihon o'tkaziladigan manzillar, sanalar hamda har bir hudud bo'yicha maxsus o'rinlar soni bevosita Agentlik tomonidan belgilanadi. Mazkur ma'lumotlar idoraning rasmiy veb-sayti hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali oldindan e'lon qilib boriladi.

Shunga ko'ra, talabgorlar faqatgina belgilangan o'rinlar doirasida YAIDXP orqali ro'yxatga olinadi. Agar muayyan viloyat yoki shahar bo'yicha barcha o'rinlar to'liq band etilsa, ariza topshirish muddati hali tugamagan bo'lsa ham, o'sha hududda ro'yxatga olish jarayoni avtomatik tarzda to'xtatiladi.

Agentlik vakillarining ta'kidlashicha, ushbu yangilik talabgorlarning imtihonlarda ishtirok etishini cheklash maqsadini ko'zlamaydi. Asosiy maqsad sinovlarni mavjud binolar, texnik imkoniyatlar, xodimlar va nazorat resurslaridan kelib chiqqan holda yuqori sifatda o'tkazish, hududlardagi yuklamani to'g'ri taqsimlash hamda natijalarni belgilangan muddatlarda e'lon qilishdir.

Imtihonlar soni va ajratilgan o'rinlar

joriy yilning sentabr–dekabr oylari davomida milliy sertifikat imtihonlari uchun jami 496 303 ta o'rin ajratilgan bo'lib, ular quyidagicha taqsimlangan:

  • sentabr oyida - 125 753 ta;
  • oktabr oyida - 129 535 ta;
  • noyabr oyida - 112 335 ta;
  • dekabr oyida - 128 680 ta.

Shuningdek, ushbu davrda tashkil etiladigan sertifikat imtihonlari soni ham ko'paytirilgan. Xususan, sentabr–dekabr oylarida matematika, kimyo, geografiya, biologiya, fizika, ona tili va adabiyot hamda tarix fanlaridan ikki martadan, huquqshunoslik fanidan esa bir marta sinov o'tkazilishi rejalashtirilgan bo'lib, ularning umumiy miqdori 15 tani tashkil etadi. Taqqoslash uchun, 2025-yilning huddi shu davrida 11 ta milliy sertifikat imtihoni tashkil etilib, ularda 255 217 nafar talabgor qatnashgan edi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, milliy sertifikat imtihonida qatnashishni rejalashtirayotgan barcha talabgorlarga ro'yxatdan o'tish jarayonini oxirgi kunlarga qoldirmaslik qat'iy tavsiya etiladi. Sababi tanlangan hududdagi bo'sh o'rinlar belgilangan muddatdan ancha oldin to'lib qolishi mumkin.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi