Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekistonda yangi Ta'lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi va unga rahbar tayinlandi

Prezident farmoni bilan ikkita vazirlik birlashtirilib, Ta'lim va ilm-fan vazirligi tuzildi va Erkinjon Turdimov vazir etib tayinlandi.

TTahririyat 1 daqiqa

Strategik ahamiyati bo'yicha ta'limga teng keladigan sohalar sanoqli bo'lib, mamlakat taqdirini belgilovchi bu yo'nalish endi barcha bosqichlarda yagona vertikalga birlashtirildi. Prezident farmoniga asosan Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi negizida Ta'lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi.

Islohotdan ko'zlangan asosiy maqsadlar

Rasmiy izohga ko'ra, yangi tuzilmani tashkil etishdan maqsad ta'lim, tarbiya va ilm-fanning yaxlit tizimini zamon talablari asosida tashkil etish, shuningdek, ta'lim sifati va inson kapitalini oshirish bo'yicha ishlarni yangi darajaga olib chiqishdan iborat. Xususan, bog'chalarda tarbiyachilar malakasini oshirish, maktab ta'limida darsliklarni yangilash, oliy ta'limda esa universitetlar mustaqilligini oshirish va xususiy sektor uchun imkoniyatlarni kengaytirish kabi masalalar ustuvorlik qilishi belgilandi.

Yangi tuzilmaning rahbarlari va mas'ullar

Islohot ijrosi uchun asosiy mas'ullar sifatida to'rt kishi belgilandi. Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva va uning ta'limni isloh qilish bo'yicha yangi o'rinbosari Obid Hakimov belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qiladi. Bungacha to'rtta viloyatda hokim bo'lib ishlagan Erkinjon Turdimov bosh vazirning birinchi o'rinbosari – ta'lim va ilm-fan vaziri sifatida hukumatda alohida mavqega ega bo'ladi. Shuningdek, sog'liqni saqlash sohasi ham uning Vazirlar Mahkamasidagi kotibiyati tarkibida bo'lishi belgilandi. Eslatib o'tamiz, bosh vazirning birinchi o'rinbosari lavozimi 2022-yil oxirida tugatilgan edi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi