Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Xususiy ta'lim tashkilotlarida ichki ishlar organlari xodimi lavozimi joriy etilishi mumkin

Nodavlat ta'lim muassasalarida huquqbuzarliklarning oldini olish uchun ichki ishlar xodimi lavozimini kiritish taklif qilindi.

TTahririyat 1 daqiqa

Nodavlat ta'lim tashkilotlarida huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida ichki ishlar organlari xodimi lavozimini ochish taklif etilmoqda. Mazkur tashabbus Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida o'z aksini topgan bo'lib, hujjat normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.

Yangi shtat birliklari va lavozimlar

Loyihaga ko'ra, 2026-yil 1-sentabrdan boshlab nodavlat ta'lim tashkilotlarida yangi shtat birliklarini muassasalarning o'z mablag'lari hisobidan tashkil etishga ruxsat berish taklif qilinmoqda. Hujjatda quyidagi lavozimlarni joriy etish ko'zda tutilgan:

  • Oliy ta'lim tashkilotlarida profilaktika katta inspektori va xotin-qizlar masalalari bo'yicha katta inspektor;
  • O'rta va o'rta maxsus ta'lim tashkilotlarida voyaga yetmaganlar masalalari bo'yicha (katta) inspektor-psixolog.

Asosiy vazifalar va talablar

Joriy etiladigan inspektorlarning asosiy vazifalari qatoriga o'quvchi hamda talabalar o'rtasida huquqbuzarlik, zo'ravonlik, bulling, giyohvandlik va ekstremistik g'oyalar ta'sirining oldini olish kiritilgan. Shuningdek, ular huquqbuzarliklarga sabab bo'layotgan omillarni aniqlash va bartaraf etish choralarini ko'rishda ham ishtirok etadilar. Hujjat loyihasida tazyiq va zo'ravonlikka uchragan o'quvchilarning huquqlari hamda xavfsizligini ta'minlash choralari ham belgilab qo'yilgan.

Loyihaga ko'ra, nodavlat ta'lim tashkilotlari ichki ishlar organlari xodimlari uchun xizmat xonasini ajratishi, uni ta'mirlashi hamda mebel, aloqa vositalari va kompyuter jamlanmasi bilan jihozlashi kerak bo'ladi. Mazkur loyiha muhokamasi 3-noyabrgacha davom etadi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi