O'zbekistonlik o'quvchilar xalqaro matematika olimpiadasida oltita medalni qo'lga kiritdi
Ruminiyada o'tgan Bolqon Matematika olimpiadasida o'zbekistonlik o'quvchilar bitta oltin, to'rtta kumush va bitta bronza medaliga sazovor bo'ldi.

Ruminiyada tashkil etilgan 30-O'smirlar o'rtasidagi Bolqon Matematika olimpiadasi (JBMO) ishtirokchilarining yakuniy natijalari ma'lum bo'ldi. O'zbekiston o'quvchilar terma jamoasi mazkur nufuzli xalqaro musobaqada yuqori natija ko'rsatib, umumiy hisobda 6 ta medalni qo'lga kiritdi.
G'olib va sovrindorlar
Musobaqa yakunlariga ko'ra, yosh iste'dodlarimiz bitta oltin, to'rtta kumush hamda bitta bronza medallariga sazovor bo'lishdi:
- Umarbek Ubaydullayev (Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabi) – oltin medal
- Eldorbek Hakimov (Al-Beruniy nomidagi Xalqaro maktab-internat) – kumush medal
- Komronbek Kamolov (Buxoro shahridagi 35-maktab) – kumush medal
- Ortiqjon Toxirov (Termiz shahar 1-ixtisoslashtirilgan maktab-internati) – kumush medal
- Baxtiyor Ostonov (Qorako'l tuman ixtisoslashtirilgan maktabi) – kumush medal
- Anvar Abduvaliyev (Qarshi shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan maktabi) – bronza medal
Shuningdek, terma jamoa a'zosi bo'lgan Umarbek Ubaydullayev eng yuqori ko'rsatkichni qayd etib, musobaqaning mutlaq g'olibi deb topildi.
Manba: UzA


