Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Qarshi shahridagi Prezident maktabining 23 nafar bitiruvchisi katta hayotga qadam qo'ydi

Qarshi shahridagi Prezident maktabida 23 nafar o'quvchi o'qishni tamomlab, xalqaro sertifikat va grantlar bilan katta hayotga kuzatildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Qarshi shahridagi Prezident maktabida joriy o'quv yili yakuniga bag'ishlangan “So'nggi qo'ng'iroq” tadbiri tashkil etildi. Unda o'qituvchilar, ota-onalar, faxriylar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Joriy o'quv davri ta'lim muassasasi uchun sezilarli yutuqlar bilan yakunlandi. Xususan, mazkur maktab 2026-yil 27-yanvar sanasida xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o'tib, rasman “Xalqaro maktab” maqomiga ega bo'ldi. Qolaversa, ta'lim maskani “Zamin” xalqaro jamoat fondi va Atrof-muhit bo'yicha ta'lim jamg'armasi (FEE) tomonidan taqdim etiladigan nufuzli “Yashil bayroq” (Green Flag) maqomini qo'lga kiritdi.

Bitiruvchilarning xalqaro yutuqlari va sertifikatlari

Bu yil ta'lim dargohini jami 23 nafar yoshlar, jumladan 6 nafar qiz va 17 nafar o'g'il bola muvaffaqiyatli tamomladi. E'tiborli jihati, maktabning barcha bitiruvchilari xalqaro miqyosdagi SAT hamda IELTS sertifikatlarini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldilar.

O'quvchilar orasida SAT imtihonida 1550 ball to'plagan Mirjalol Jo'rayev maktab rekordini yangiladi. IELTS sinovlarida esa Shohruhmirzo Xudoyqulov va Xushro'y Ro'ziyeva 8 ballik natijani qayd etishdi. Mazkur bitiruvchilarning IELTS imtihonlari bo'yicha o'rtacha ko'rsatkichi 7 ballni tashkil etdi.

Xorijiy OTMlar granti va olimpiada g'oliblari

Tadbirda ta'kidlanganidek, bitiruvchilarning aksariyati dunyoning yetakchi oliy ta'lim muassasalariga qabul qilingan. Jumladan, Shohruhmirzo Xudoyqulov Kanadadagi Toronto universitetiga 250 ming AQSH dollari miqdoridagi to'liq grant asosida o'qishga kirdi. Asilbek Sattorov esa Gonkong Politexnika universitetining 130 ming dollarlik granti hamda yillik stipendiyasi egasiga aylandi.

Shuningdek, maktab o'quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida ham yuqori natijalarni ko'rsatib kelmoqda. Xalqaro iqtisodiyot olimpiadasida (IAO) kumush medalni qo'lga kiritgan Asliddin Boynazarovning yutug'i alohida e'tirof etildi. Quyi sinf o'quvchilaridan 6-sinf o'quvchisi Bobur Abdumajitov Avstraliyaning Sidney shahrida o'tkazilgan xalqaro matematika va ingliz tili olimpiadalarida birinchi o'rinni egalladi. Bundan tashqari, maktabning teatr jamoasi Respublika miqyosidagi “Teatr – ibratxonadir” ko'rik-tanlovida g'olib chiqdi.

Tadbir yakunida yoshlarga ezgu tilaklar bildirilib, ular chuqur bilim va ko'nikmalar bilan katta hayot sari kuzatildi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi