Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi va ETS hamkorlikni boshladi
Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi hamda ETS o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi vakillari AQSHda ETS kompaniyasi tashkil etgan xalqaro sammitda qatnashdi. Tadbir yakunida tomonlar o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilab berib, tajriba almashish, ilmiy-tadqiqot ishlarini yo'lga qo'yish hamda baholash tizimini yaxshilash masalalarini o'z ichiga oldi.
O'quv-trening va zamonaviy yondashuvlar
Safar davomida Markaz delegatsiyasi ETS tashkil etgan to'rt kunlik o'quv-trening dasturlarida qatnashib, ularni muvaffaqiyatli tamomladi. Mashg'ulotlarda zamonaviy baholash yondashuvlari, testologiya, ilm-fanga asoslangan baholash tizimi hamda imtihonlar xavfsizligini ta'minlash yo'nalishlari muhokama qilindi.
Hamkorlikning ahamiyati
Ta'limni baholash sohasida dunyodagi eng nufuzli va yirik tashkilotlardan biri sanalgan ETS qator xalqaro imtihonlarni ishlab chiqadi va amaliyotga tatbiq etadi. Imzolangan memorandum milliy baholash tizimini xalqaro talablarga moslashtirishda muhim qadam bo'lishi kutilmoqda.
Manba: UzA


