Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Pedagoglarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan forum o'tkazildi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Avloniy nomidagi institut tomonidan pedagoglarni kasbiy rivojlantirishga bag'ishlangan forum o'tkazildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti hamkorligida "Ta'limda uzluksiz kasbiy rivojlantirishning dolzarb muammolari, yechim va istiqbol" mavzusida forum tashkil etildi.

Tadbirda O'zbekiston bilan bir qatorda xorijiy davlatlardan kelgan xalqaro tashkilotlar mas'ullari, ta'lim mutaxassislari, ekspertlar va pedagoglar qatnashdi. Xususan, UNESCO, UNICEF, Britaniya Kengashi, GIZ, JICA, Shveysariyaning ta'lim loyihalari hamda Jahon banki vakillari ishtirok etdi.

Amalga oshirilgan ishlar va yangi dasturlar

Anjumanda o'qituvchilarni uzluksiz kasbiy jihatdan rivojlantirish tizimini yaxshilash yo'lida bajarilgan ishlar sarhisob qilindi. Xususan, 2025-2026 o'quv yilida "Kasbiy rivojlanish kuni" va "Kasbiy rivojlanish soati" tadbirlari doirasida 72 soatlik o'quv dasturlari amaliyotga tatbiq etildi.

Respublika miqyosida jami 1 550 ta tayanch maktabi belgilanib, 292 nafar master-trener hamda 3 901 nafar mentor o'qituvchi tayyorlandi. Kaskad usuli orqali tashkil etilgan mashg'ulotlarga 351 mingdan ziyod fan o'qituvchisi zamonaviy yondashuvlar asosida malaka oshirish jarayoniga jalb qilindi. Shuningdek, pedagoglar uchun 11 tomdan iborat maxsus o'quv qo'llanmalari to'plami yaratildi.

Istiqobldagi vazifalar va muhokamalar

Tadbir davomida ta'lim jarayoniga sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, pedagogik yondashuvlarni yangilash hamda milliy va xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Master-trenerlar, mentorlar va ilg'or o'qituvchilar ishtirokida amaliy mashg'ulotlar, fokus-guruh muhokamalari va o'zaro tajriba almashish tadbirlari uyushtirildi.

Forum yakunida Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova so'zga chiqib, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va oldinda turgan ustuvor vazifalarga to'xtaldi. Shuningdek, tizim rivojiga munosib hissa qo'shgan va faol ishtirok etgan bir guruh pedagoglar "Xalq ta'limi a'lochisi" hamda "Xalq ta'limi fidoyisi" ko'krak nishonlari va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi