Harbiy xizmatchilarni kasb-hunarga o'qitish jarayoni q qanday moliyalashtiriladi
Muddatli harbiy xizmatchilarni kasbga o'qitish kurslari davlat mablag'lari hisobidan moliyalashtirilishi belgilandi.
Muddatli harbiy xizmatni o'tayotgan fuqarolarni foydali kasblarga o'rgatish va ularning bandligini ta'minlash bo'yicha muhim chora-tadbirlar belgandi. Hujjatga muvofiq, mazkur o'quv jarayonlarini tashkil etishdan asosiy maqsad yoshlarga harbiy xizmat vaqtida hamda uni yakunlagach mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan yo'nalishlarni puxta o'rgatishdan iboratdir.
Moliyalashtirish manbalari va xarajatlar
Qabul qilingan loyihaga asosan, barcha o'quv jarayonlari Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasi mablag'lari hisobidan moliyalashtirilishi ko'zda tutilgan. Ajratiladigan mablag'lar bevosita o'quv kurslarini muvaffaqiyatli tashkil etish, jalb etilgan pedagoglar hamda boshqa xodimlarning mehnat haqini to'lash, shuningdek, tegishli majburiy ajratmalarni to'liq qoplashga yo'naltiriladi.
Bundan tashqari, olis va uzoq hududlardan kelib dars o'tadigan o'qituvchi hamda mutaxassislarning yo'l xarajatlari ham xarajatlar kalkulyatsiyasiga kiritilishi belgilab qo'yildi.
Hamkorlik va mehnat to'lovlari tartibi
Nizom loyihasida texnikumlar, harbiy qismlar hamda hududiy bandlik boshqarmalari o'rtasida mablag' ajratish va ularning hisobotini yuritish tartibi aniq belgilab qo'yildi. Shuningdek, mazkur ta'lim jarayoniga jalb qilingan pedagog va boshqa xodimlarga o'z vaqtida ish haqi to'lanishi Mehnat kodeksida belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi ta'minlanadi.
Manba: Kun.uz

