Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Prezident ta'lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi

Davlatimiz rahbari ustoz va murabbiylar bilan uchrashuvda ta'lim sifatini oshirish, pedagoglarni qo'llab-quvvatlash va yangi islohotlarni belgilab berdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Davlatimiz rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yosh avlod tarbiyasidagi o'rni muhimligini ta'kidladi. Uchrashuvda ta'lim va ilm-fan fidoyilarining bir guruhiga davlat mukofotlari topshirildi, shuningdek, ta'limning barcha bo'g'inlaridagi ilg'or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi alohida davlat mukofotini ta'sis etish taklif qilindi.

Maktab va maktabgacha ta'limdagi o'zgarishlar

Keyingi o'n yilda 1 million 800 ming o'rinli bog'chalar va 1,5 million o'rinli maktablar barpo etilib, 10 mingdan ziyod ta'lim muassasasi yangilandi. Xorijiy tajriba asosida 8-sinfgacha bo'lgan darsliklar yangilandi, 2030-yilga qadar yuqori sinflar uchun darsliklarni yangilash ishlari yakunlanadi. PISA reytingida 15 yoshli o'quvchilar tabiiy fanlar bo'yicha 32 pog'ona yuqorilab, 48-o'rinni egalladi. Xalqaro va milliy sertifikatga ega o'qituvchilar soni besh yilda 29 mingdan 143 mingga oshdi. Matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlarini chuqur o'qitishga alohida e'tibor qaratilib, o'quvchilar soni 25 nafardan oshgan sinflarda bu fanlar ikki guruhga bo'lib o'qitiladi. Milliy sertifikatga ega o'qituvchilarga 50 foiz ustama to'lanadi.

Kasbiy va oliy ta'lim yo'nalishi

Kasbiy ta'limda so'nggi ikki yilda 104 ta texnikumga xalqaro dasturlar joriy etildi. Dual ta'limda kasb o'rganayotganlarga 1 million 300 ming so'mgacha stipendiya to'lanmoqda. Oliy ta'limda talabalar soni 1 million 600 mingga yetgani, yettita oliygoh 17 ta fan bo'yicha xalqaro reytinglarga kirgani qayd etildi. Rektorlarning ta'lim sifati va natijasi uchun mas'uliyati oshirilib, davlat universitetlari kuzatuv kengashlari a'zolarining uchdan ikki qismi xususiy sektor va xorijiy oliygohlar vakillaridan shakllantiriladi. Shuningdek, oliy ta'limda dual ta'limni rivojlantirish bo'yicha imzolangan qarorga ko'ra, tizim kelasi yildan 75 ta, 2028-yildan barcha oliygohlarda yo'lga qo'yiladi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi