Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Ta'lim sohasidagi yangi islohotlar va ustuvor vazifalar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O'qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashib, ta'lim tizimini rivojlantirish bo'yicha muhim tashabbuslarni e'lon qildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Prezident Shavkat Mirziyoyev O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan soha xodimlari bilan uchrashuv o'tkazdi. Tadbirda ta'lim va ilm-fan fidoyilariga davlat mukofotlari topshirildi, shuningdek, barcha bo'g'inlardagi ilg'or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi alohida davlat mukofotini ta'sis etish taklif qilindi.

Maktab va maktabgacha ta'limdagi o'zgarishlar

O'tgan o'n yilda 1 million 800 ming o'rinli bog'chalar va 1,5 million o'rinli maktablar barpo etildi. Xorijiy tajriba asosida 8-sinfgacha bo'lgan darsliklar yangilandi, joriy yilda 324 ta darslik qayta ishlandi. PISA reytingida 15 yoshli o'quvchilar tabiiy fanlar bo'yicha 48-o'rinni egalladi. Xalqaro va milliy sertifikatga ega o'qituvchilar soni 143 mingga yetdi, 40 ming muallim 1 ming dollardan, 1,5 ming nafari 2 ming dollardan yuqori maosh olmoqda.

Kelgusida o'quvchilar soni 25 nafardan oshgan sinflarda matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlari ikki guruhga bo'lib o'qitiladi. Milliy sertifikatga ega o'qituvchilarga 50 foiz ustama to'lanadi. Yangi o'quv yilidan 100 ta maktabda ayrim fanlar to'liq ingliz tilida o'qitilib, ushbu o'qituvchilarga 100 foiz ustama belgilanadi. Shuningdek, maktablar faoliyatini baholash uchun «sifat indeksi» joriy etiladi.

Xususiy maktablarni qo'llab-quvvatlash maqsadida 52 ta tumanda imtiyozli kredit va subsidiya ajratiladi, bo'sh turgan davlat binolari o'n yilga bepul ijaraga beriladi. 2–3 yoshli farzandini oilaviy bog'chaga bergan ishli onalarning badal puli byudjetdan qoplanadi.

Oliy va kasb-hunar ta'limi yangiliklari

Mamlakatimizda talabalar soni 1 million 600 mingga yetdi. Rektorlarning ta'lim sifati uchun mas'uliyati oshirilib, davlat universitetlari kuzatuv kengashlari a'zolarining uchdan ikki qismi xususiy sektor va xorijiy oliygohlar vakillaridan shakllantiriladi. Oliygohlarda «korxona – oliygoh – maqsadli kadr» tamoyili asosida dual ta'lim joriy etilib, tizim kelasi yildan 75 ta, 2028-yildan barcha oliygohlarda yo'lga qo'yiladi.

Kasbiy ta'limda 104 ta texnikumga xalqaro dasturlar kiritildi. Dual ta'limda qatnashayotganlarga 1 million 300 ming so'mgacha stipendiya to'lanmoqda. Kelasi yildan xalqaro kasb sertifikatiga ega ustalarga 50 foiz ustama beriladi va xususiy texnikumlarga soliq hamda yer bo'yicha imtiyozlar taqdim etiladi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi