Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Qiziltepa tumanidagi «Nurli bolajon» xususiy bog'chasi faoliyati bilan tanishing

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi «Nurli bolajon» xususiy maktabgacha ta'lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar soni 100 nafarga yetdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Bog'cha faoliyati va shart-sharoitlar

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida faoliyat yuritayotgan «Nurli bolajon» xususiy maktabgacha ta'lim tashkiloti bolalarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashga yo'naltirilgan zamonaviy maskanlardan biri hisoblanadi. Mazkur muassasa 2024-yilda ish boshlagan bo'lib, dastlab 50 nafar bolaga mo'ljallangan edi. Hozirgi kunga kelib esa bu yerda tarbiyalanuvchilar soni 100 nafarga yetkazildi.

Mashg'ulotlar va to'garaklar

Tashkilotda tajribali hamda malakali pedagoglar tomonidan bolalarning intellektual va ijodiy salohiyatini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Xususan, tarbiyalanuvchilar uchun ingliz tili, kompyuter savodxonligi, mental arifmetika, savod chiqarish, o'qish va yozish, musiqa, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlari o'tkazib kelinmoqda. Buning tashqari, defektolog ishtirokida har bir bola bilan yakka tartibda korreksion mashg'ulotlar ham olib borilmoqda.

Muassasada bolalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida shashka-shaxmat va raqs to'garaklari ham faoliyat yuritmoqda.

Salomatlik va parvarish

Tarbiyalanuvchilarning salomatligini mustahkamlash va chiniqtirishga alohida ahamiyat qaratiladi. Shu maqsadda muassasada fizioterapiya va massaj tadbirlari muntazam tashkil etiladi. Shuningdek, bolalarni to'yimli hamda vitaminlarga boy oziq-ovqatlar bilan ta'minlash ularning sog'lom o'sishi va rivojlanishiga xizmat qilmoqda.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi