Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Xorijiy til sertifikati talabiga javob bermagan xodimlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin

Hukumat qarori loyihasiga ko'ra, tegishli xorijiy til sertifikatiga ega bo'lmagan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishi nazarda tutilmoqda.

TTahririyat 1 daqiqa

Muhokamaga taqdim etilgan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida ta'lim yo'nalishidagi ayrim hukumat qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish rejalashtirilgan. Mazkur hujjat jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qilingan bo'lib, agar tasdiqlansa, tegishli qarorlarga o'zgartishlar tatbiq etiladi.

Xorijiy til sertifikati talablari

Qaror loyihasiga asosan, 2021 yil 19 maydagi 312-sonli «Xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi hukumat qaroriga yangi norma kiritish taklif qilinmoqda. Unga muvofiq, talab etiladigan tegishli xorijiy til sertifikatiga ega bo'lmagan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi amaldagi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinishi belgilanmoqda.

«Mehrli maktab»lar va ustamalar tartibi

Shuningdek, loyihada onkologiya, gematologiya, klinik immunologiya hamda boshqa uzoq muddatli davolanishda bo'lgan bolalar uchun tashkil etilgan «Mehrli maktab»lar faoliyatiga oid qator o'zgarishlar ham ko'zda tutilgan. Jumladan, ushbu muassasaning namunaviy shtatlar jadvalini tasdiqlash, ayrim lavozimlarni qayta belgilash hamda xodimlarning mehnatiga haq to'lash tartibiga aniqlik kiritish taklif etilmoqda.

Bundan tashqari, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining jamg'armasi mablag'larini to'lash tartibi ham qayta ko'rib chiqilishi rejalashtirilgan. Unga ko'ra, har oylik ustamalar va bir martalik mukofotlarni to'lash muddatlarini belgilash, shuningdek, «Mehrli maktab»lar faoliyatini tashkil etishga oid ayrim normalarni yanada takomillashtirish ko'zda tutilgan.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi