Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Qoraqalpog'iston maktablarida o'nlab xorijiy mutaxassislar faoliyat boshladi

Qoraqalpog'iston maktablariga "Til egasi" loyihasi doirasida xorijiy o'qituvchilar jalb etilib, ularning 49 nafari dars o'tmoqda.

TTahririyat 2 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Davlat rahbari raisligida 2023 yil 28 avgust kuni maktablarda ta'lim sifatini oshirish, o'quvchi o'rnini ko'paytirish va o'qituvchilarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida 2024-2025 o'quv yilidan boshlab, mamlakatimiz bo'ylab 1 ming 500 nafar xorijiy mutaxassisni ta'lim tizimiga jalb etish vazifasi belgilangan edi.

Bu jarayonda shahar va tuman markazlari, shuningdek, turistik salohiyatga ega hududlarga malakali xorijiy pedagoglarni jalb etish ustuvor yo'nalish etib belgilandi. Jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan 2025-2026 o'quv yili uchun “Til egasi” loyihasi doirasida 98 nafar xorijiy o'qituvchi uchun buyurtma shakllantirildi. Bugungi kunga qadar ushbu mutaxassislarning 49 nafari Orolbo'yiga yetib kelib, umumiy ta'lim muassasalarida o'z mehnat faoliyatini boshladi.

Ta'lim sifatini oshirish yo'lidagi qadamlar

Xorijiy mutaxassislarni umumiy o'rta ta'lim maktablariga jalb qilishdan asosiy maqsad o'quvchilarning nutq ko'nikmalarini rivojlantirish, ingliz tilida tabiiy muhit yaratish va yoshlarimizning jahonning yetakchi oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat. Bugungi kunda hindistonlik mutaxassislar Nelson Nibin hamda Hasni Hamza Mo'ynoq tumanidagi maktablarda o'quvchilarga ingliz tili va adabiyotidan dars bermoqda. Ular tumanda ta'lim sifatini yanada oshirish, pedagog kadrlarning bilim va tajribasini xalqaro darajaga olib chiqishga o'z hissalarini qo'shishmoqda.

Mo'ynoqlik o'quvchilarning xorijiy tillarga, jumladan, ingliz tiliga bo'lgan qiziqishi yuqori. Xususan, 2023 yildan buyon O'zbekistonda ishlab kelayotgan pedagog Nelson Nibin dastlab Buxoro viloyatining Olot tumanida o'quvchilarga saboq bergan bo'lsa, hozirda bir yillik shartnoma bilan Orolbo'yining eng chekka hududida mehnat qilyapti. U maktablarda o'quvchilarning ta'lim olishi uchun barcha sharoitlar yaratilganini va talab bo'lsa shartnomani uzaytirish niyatida ekanini bildirgan.

Xalqaro tajriba va seminarlar

Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tashabbusi bilan xorijiy mutaxassislar ishtirokida ta'lim sifatini oshirish va xalqaro tajribani ommalashtirishga qaratilgan turli tadbirlar, o'quv seminarlari o'tkazilmoqda. Masalan, Taxtako'pir tumanida Hindiston davlatidan tashrif buyurgan tajribali pedagog Shayx Salmon Ali ishtirokidagi seminarda ta'lim jarayonini tashkil etish, ingliz tilini o'qitishda zamonaviy metodlarni qo'llash hamda o'quvchilarning og'zaki nutq ko'nikmalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilarga xalqaro tajribaga asoslangan amaliy tavsiyalar berildi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi