Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Qoraqalpog'iston maktablarida so'nggi qo'ng'iroq yangrab, bitiruvchilar o'qish bilan xayrlashdi

Qoraqalpog'istondagi 735 ta maktabda so'nggi qo'ng'iroq tadbirlari bo'lib o'tdi. 27,6 mingdan ortiq o'quvchi hayotining yangi bosqichiga qadam qo'ydi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Qoraqalpog'iston Respublikasidagi barcha umumta'lim, davlat ixtisoslashtirilgan va nodavlat maktablarida o'quv yilining yakunlanishi munosabati bilan “So'nggi qo'ng'iroq” tadbirlari o'tkazildi. Mazkur ta'lim maskanlarini jami 27 ming 600 nafardan ziyod o'quvchi-yoshlar tamomlab, qadrdon maktabi bilan xayrlashdi.

Bitiruv tadbirlari va tabriklar

Nukus shahridagi 24-sonli umumta'lim maktabida “Yuksak ma'rifatli avlod – Uchinchi Renessans poydevori” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev ishtirok etdi. Tadbir davomida davlat rahbarining maktab bitiruvchilariga yo'llagan tabrigi o'qib eshittirildi. Shuningdek, yoshlarga qaratilayotgan g'amxo'rlik, jumladan, Prezidentning 2022-yil 31-avgustdagi farmoniga asosan hududdagi yoshlar uchun har yili qo'shimcha o'qishga kirish kvotalari ajratilayotgani alohida ta'kidlandi.

O'quvchilarning xalqaro va respublika miqyosidagi yutuqlari

O'quv yili davomida Qoraqalpog'iston o'quvchilari fan olimpiadalari va turli musobaqalarda yuqori natijalarni qo'lga kiritdi:

  • Asosiy olimpiadaning IV respublika bosqichida 16 fan yo'nalishi bo'yicha 60 nafar o'quvchi qatnashib, Qoraqalpog'iston jamoasi Toshkent shahridan keyin 2-o'rinni egalladi.
  • III Xalqaro matematika olimpiadasida Xo'jayli tumani 26-sonli maktabning 11-sinf o'quvchisi Mels Satimov kumush medalni qo'lga kiritdi.
  • Italiyada o'tkazilgan Yevropa qizlar informatika olimpiadasida Nukus shahri 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 10-sinf o'quvchisi Malika Xojamuratova bronza medaliga sazovor bo'ldi.
  • Toshkent shahrida o'tkazilgan Osiyo – Tinch okeani mintaqasi informatika olimpiadasida Nukus shahri Prezident maktabi o'quvchisi Timur Qodirbergenov bronza medalini oldi.
  • Kegeyli tumani 41-sonli maktab “Vatanparvarlar” musobaqasining respublika bosqichida 1-o'rinni, To'rtko'l tumani 18-sonli maktab esa “Yosh gvardiyachi” musobaqasida 1-o'rinni egalladi.
  • Qizlar o'rtasidagi futbol bo'yicha “Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri kubogi” bahslarida Bo'zatov tumani 10-sonli maktab qizlari 2-o'rinni egallab, “Damas” avtomashinasi, 200 million so'm pul mukofoti hamda maktab uchun sport maydonchasi qurilish vaucherini qo'lga kiritdi.
  • “Hazrat Navoiyni anglash – o'zligimizni anglash” insholar tanlovining respublika bosqichida Nukus tumani 1-sonli maktab o'quvchisi Nurjamol Reimbayeva 1-o'rinni qo'lga kiritdi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi