Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Respublikadagi barcha tumanlarda xususiy maktablar uchun davlat binolari bepul beriladi

O'zbekistonda xususiy maktablar tarmog'ini kengaytirish va tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha yangi moliyaviy mexanizmlar joriy etilmoqda.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Joriy yilda mamlakatimizda 1-sinfga 800 ming nafar bola qabul qilindi, bu ko'rsatkich o'tgan yilgiga nisbatan 10 foizga ko'pdir. Mutaxassislarning taxminiga ko'ra, 2030-yilga borib bunday o'quvchilar soni 1 million nafarga yetishi kutilmoqda. Shuningdek, har yili investitsiya dasturlari doirasida 180-200 ming yangi o'quvchi o'rni barpo etilmoqda.

Prezidentimiz tomonidan o'quv yuklamasi yuqori darajada bo'lgan 52 ta tumanda xususiy ta'lim maskanlarini tashkil etishni rag'batlantiruvchi yangi moliyaviy mexanizmlar e'lon qilindi. Mazkur hududlarda ta'lim muassasasini ochish uchun 7 yil muddatga 10 foiz stavkali imtiyozli kredit ajratiladi. Bundan tashqari, maktabni ochish va zarur jihozlar bilan ta'minlash xarajatlarining 15 foizigacha, biroq ko'pi bilan 1,5 milliard so'm miqdorida subsidiya taqdim etiladi. O'z binosini maktab uchun ijaraga bergan mulkdorlar esa yer va mulk solig'idan ozod etilib, tegishli imtiyozlarga ega bo'ladilar.

Bepul ijara va ota-onalar uchun soliq imtiyozlari

Respublikaning barcha tumanlarida mavjud bo'sh turgan davlat binolari xususiy maktab tashkil etish uchun 10 yil muddatga bepul ijaraga berilishi belgilandi. Shuningdek, ta'lim maskanlarining xalqaro akkreditatsiyadan o'tish bilan bog'liq xarajatlarining yarmi qoplab beriladi.

Farzandlarini xususiy maktablarda o'qitayotgan ota-onalar uchun soliq olinmaydigan daromad chegarasi amaldagi 3 million so'mdan 6 million so'mga oshirilmoqda. Ushbu o'zgarish oilalarga yiliga 6-7 million so'm mablag'ni tejash imkonini beradi. Soliq idoralari tomonidan ta'lim to'lovlarini har oy yakuni bo'yicha avtomatik tarzda qaytarish tizimi ishga tushiriladi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi