Samarqand texnikumlari Germaniya tajribasi asosida kadrlar tayyorlaydi
Samarqand texnikumlari Germaniya muassasalari bilan hamkorlik o'rnatib, dual ta'lim tizimini joriy etadi.

Respublika kasbiy ta'lim agentligi rahbariyati hamda hududiy boshqarma boshliqlaridan tarkib topgan delegatsiya Germaniyaga xizmat safarini amalga oshirmoqda. Ushbu tashrif doirasida mamlakatimiz elchixonasida "TexVET II" forumi tashkil etildi.
Hamkorlik memorandumi imzolandi
Forum doirasida Samarqand viloyati kasbiy ta'lim boshqarmasi boshlig'i Azizbek Nasimov Germaniya mas'ullari bilan muzokaralar o'tkazdi. Natijada dual ta'limni rivojlantirish hamda raqobatbardosh, zamonaviy bilimli kadrlarni tayyorlash maqsadida anglashuv memorandumi imzolandi.
Yangi vazifalar va kelishuvlar
Boshqarma axborot xizmatining ma'lumotiga ko'ra, imzolangan hujjatda Samarqanddagi texnikumlarda Germaniya ilg'or tajribasini tatbiq etish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Shuningdek, o'quv dasturlarini xalqaro andoidalarga moslashtirish, malaka almashinuvini yo'lga qo'yish hamda amaliy tajribani kuchaytirish ko'zda tutilgan.
Azizbek Nasimovning ta'kidlashicha, mazkur kelishuv ta'lim jarayoni va amaliyotning o'zaro uyg'unligini ta'minlashda muhim o'rin tutadi. Bu esa yoshlarning o'z mutaxassisliklarini puxta egallab, yetuk kadr bo'lib yetishishiga sharoit yaratadi.
Manba: UzA

