Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Samarqand viloyatida o'tgan yilgi o'qituvchilar attestatsiyasi natijalari ma'lum qilindi

Samarqand viloyatida o'tgan yili o'tkazilgan pedagoglar attestatsiyasida minglab o'qituvchilar talab darajasidagi natijani ko'rsata olmadi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi umumta'lim muassasalarida pedagog kadrlar salohiyatini mustahkamlash hamda ta'lim sifatini oshirish borasida ishlar olib borilmoqda. Bugungi kunda viloyatdagi 62 ming nafar pedagog xodimlarning 6900 nafarga yaqini yoki 11 foizi oliy toifali, 11 ming 782 nafari yoxud 19 foizi birinchi toifali o'qituvchilardan iborat. Shuningdek, tizimda mutaxassis toifasidagi pedagoglar 21 ming 626 nafar, yani 35 foizni tashkil etsa, toifasizlar soni 6868 nafarga teng. Bu raqamlar o'qituvchilarning malaka darajasini yuksaltirishga ehtiyoj borligini ko'rsatadi.

Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Rustam Yo'ldoshevning ta'kidlashicha, bugungi kunda o'qituvchilarni moddiy qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish choralari ko'rilmoqda. Jumladan, doimiy izlanishda bo'lgan bilimli muallimlar yuqori oylik maosh olishmoqda, shuningdek, vazir ustamasi, fan olimpiadalari g'oliblari uchun qo'shimchalar hamda milliy sertifikat egalariga qo'shimcha oylik to'lovlari joriy etilgan. Hozirda viloyatdagi maktab o'qituvchilarining 7-8 foizi ming AQSH dollaridan ortiq maosh olmoqda. 88 nafar o'qituvchi vazir ustamasiga sazovor bo'lgan bo'lsa, o'tgan yil davomida 876 nafar pedagog 70 foizlik ustama olish huquqini qo'lga kiritdi.

Attestatsiya natijalari va joriy jarayonlar

Biroq, o'tgan yili pedagog xodimlar uchun ikki marotaba tashkil etilgan attestatsiya sinovlari barcha uchun ham muvaffaqiyatli yakunlanmadi. Mazkur sinovlarda jami 37 ming 783 nafar pedagog xodim qatnashgan. Ulardan 12 ming 739 nafari ijobiy natija qayd etgan bo'lsa, 7366 nafari salbiy natija ko'rsatdi. Shuningdek, 17 ming 678 nafar pedagog 56 balldan past natija qayd etib, attestatsiyadan o'ta olmadi.

Ayni paytda joriy yilgi dastlabki attestatsiya jarayonlari uchun hujjatlar qabul qilinishi davom etmoqda. Ushbu jarayon elektron tizim orqali amalga oshirilib, shu yilning 1 martiga qadar davom etishi belgilangan. Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi pedagoglarni mazkur sinovlarga tayyorlash hamda ularga amaliy va metodik yordam ko'rsatish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi