Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Samarqandda 2026/2027 o'quv yili uchun test sinovlari boshlandi

Samarqand viloyatida 2026-2027 o'quv yili uchun davlat OTM va kasbiy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari start oldi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Respublika bo'ylab bo'lgani kabi Samarqand viloyatida ham 2026-2027 o'quv yili uchun davlat oliy va kasbiy ta'lim muassasalariga kirish test sinovlari o'z ishini boshladi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi Samarqand viloyati bo'limi ma'lumotlariga ko'ra, joriy yilda viloyatda 71848 nafar abituriyent imtihonlarda qatnashishi belgilangan. Jarayonlarni yuqori saviyada o'tkazish uchun agentlikning viloyat bo'limi hamda oliy ta'lim muassasalarining katta sig'imdagi oltita binosida barcha sharoitlar muhayyo etildi. Mazkur maskanlarda bir vaqtning o'zida bitta navbatda 4110 nafar yosh test topshirish imkoniyatiga ega. Barcha imtihon binolari havo haroratini mo'tadil saqlash uchun konditsionerlar bilan jihozlandi. Shuningdek, har bir abituriyentga 0,5 litr hajmdagi ichimlik suvi va sharikli ruchka tarqatildi.

Imtihon jarayonlari va sharoitlar

Sinovlar kun davomida ikki navbatda tashkil etilmoqda. Xususan, birinchi navbat ertalab soat 8:00 dan 11:00 gacha davom etgan bo'lsa, ikkinchi navbat 15:00 dan 18:00 gacha o'tkazilib, unda 4000 nafardan ziyod yigit-qizlar o'z bilimlarini sinovdan o'tkazdi.

Abituriyentlar uchun yaratilgan imkoniyatlar qatorida shaffoflikni ta'minlash masalasiga ham alohida e'tibor qaratilgan. Sinov jarayonlari to'liq videokuzatuv ostida olib borilib, test2026.uz sayti orqali onlayn tarzda translyatsiya qilinmoqda. Ota-onalar va abituriyentlarning yaqinlari jarayonni internet tarmog'i hamda maxsus katta monitorlar yordamida bevosita kuzatib borishmoqda. Qolaversa, sinov o'tkazilayotgan binolar atrofida ham ota-onalar uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi