Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Sirdaryoda 43 nafar iqtidorli o'quvchi xususiy maktabga qabul qilindi

Sirdaryo viloyatida 43 nafar iqtidorli o'quvchi hokimlik tashabbusi va mablag'i evaziga xususiy maktabga o'qishga olindi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov tashabbusi bilan Guliston shahridagi "Ideal Study" xususiy maktabiga Sirdaryo, Oqoltin, Mirzaobod tumanlari va Guliston shahridan jami 43 nafar iqtidorli o'quvchi qabul qilindi. Ushbu o'quvchilarning barcha ta'lim to'lovlari to'liq holda Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan qoplab berilishi belgilandi.

Maktab haqida ma'lumot

Ta'lim muassasasi 2019 yilda ish boshlagan bo'lib, umumiy 1200 o'ringa mo'ljallangan. Maktab faoliyati matematika, ingliz va rus tillari hamda tabiiy fanlarni chuqurlashtirib o'qitishga ixtisoslashgan. Ayni paytda mazkur dargohda 1200 nafar o'quvchi bilim olayotgan bo'lib, ular bilan 92 nafar malakali va tajribali pedagoglar shug'ullanmoqda.

Yaratilgan shart-sharoitlar

Viloyatning olis va chekka hududlaridan kelgan o'quvchilarning sifatli ta'lim olishi va o'z salohiyatini to'la ro'yobga chiqarishi uchun barcha sharoitlar muhayyo etilgan. Jumladan, yoshlarga yotoqxona va uzluksiz ta'lim jarayoni uchun zarur qulayliklar yaratib berilgan. Mazkur qo'llab-quvvatlashdan o'quvchilar va ularning ota-onalari mamnuniyat bildirishdi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi