Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Surxondaryoda ta'lim va mafkura uyg'unligi: yoshlar tarbiyasi va erishilgan natijalar

Surxondaryo viloyatida ta'lim tizimini rivojlantirish va yoshlarni mafkuraviy xurujlardan himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

TTahririyat 2 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Raqamli axborot makoni kengaygan hozirgi davrda ta'lim va mafkura o'rtasidagi bog'liqlik dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ta'lim insonga bilim berish bilan birga uning dunyoqarashi, qadriyatlari va hayotiy pozitsiyasini shakllantiradi. Agar ta'lim tizimi kuchli bo'lsa, u sog'lom mafkurani yuzaga keltiradi. Aks holda, ma'naviy bo'shliq yot g'oyalar kirib kelishiga zamin yaratadi.

Yoshlar tarbiyasi va demografik ko'rsatkichlar

Bugungi kunda Surxondaryo viloyatining ta'lim muassasalarida ma'naviyat darslari va ma'rifiy tadbirlar orqali yoshlarda Vatanga sadoqat tuyg'usini kuchaytirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Vohadagi 7 ta oliy ta'lim muassasasida 76,5 mingdan ortiq talaba, 1 ming 4 ta umumta'lim va kasb-hunar maktabida 555 ming 735 nafar o'quvchi tahsil olmoqda. Aholining qariyb 26 foizini tashkil etuvchi 764 ming 748 nafar yoshlar 14-30 yosh oralig'ida ekanligi ta'lim va tarbiya masalasini strategik darajaga olib chiqadi.

Joriy yil boshida aniqlangan yoshlarning ijtimoiy holati tahliliga ko'ra, ularning 488 ming 241 nafari “yaxshi”, 276 ming 507 nafari “o'rta”, 3 ming 93 nafari esa “og'ir” toifaga kiritilgan. Bu ko'rsatkichlar ta'lim faqat bilim berish bilangina cheklanmay, ijtimoiy barqarorlikni ta'minlashda asosiy vosita ekanini tasdiqlaydi.

Bandlik va moliyaviy qo'llab-quvvatlash mexanizmlari

Yoshlar bandligini ta'minlash borasida ham salmoqli natijalarga erishilmoqda. Prezidentning 2023-yil 26-apreldagi farmoniga muvofiq ro'yxatga olingan 9 ming 107 nafar ishsiz yoshning 9 ming 70 nafarining bandligi ta'minlandi. Jumladan, 2 ming 143 nafar yosh doimiy ishga joylashtirildi, 3 ming 813 nafari o'zini o'zi band qildi, 616 nafari kasb-hunarga o'qitildi va 1 ming 414 nafari tartibli migratsiyaga yo'naltirildi.

Shuningdek, 2025-yil 14-fevraldagi qaror doirasida viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 300 million dollarlik resurs ajratilib, 797 nafar yoshga 103,3 milliard so'm kredit berildi. 626 nafar talabaning loyihalari uchun 20 milliard so'mdan ortiq mablag' ajratilishi ta'lim va innovatsiya uyg'unligini kuchaytirishga xizmat qilmoqda. “Yoshlar daftari” orqali ham ko'plab yoshlarning muammolari ijobiy hal etilib, ijtimoiy xavf guruhidagi yoshlar bilan manzilli ishlar olib borilmoqda. Ko'rilgan chora-tadbirlar natijasida yoshlar jinoyatchiligi 51,6 foizga kamaydi.

Ma'rifiy tadbirlar va mafkuraviy xavfsizlik

Globallashuv sharoitida internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali turli yot g'oyalar tarqalayotgan bir paytda yoshlarda tahliliy fikrlash qobiliyatini shakllantirish muhimdir. Joriy o'quv yilida barcha ta'lim muassasalarida “Jadidlar izidan”, “Turon teatri”, “Iqtidor”, “Zararli odatlarga yo'l yo'q”, “Kitob-bilim manbai”, “O'zbek milliy qadriyatlari” kabi qator tanlov va musobaqalar o'tkazildi.

Ta'lim muassasalarida fanlarni o'qitish bilan birga media savodxonlik, axborot xavfsizligi va milliy o'zlikni anglash masalalariga ham e'tibor qaratilmoqda. Qadimiy vohaning buyuk allomalari Hakim Termiziy va Imom Termiziyning ilmiy merosini o'rganish ta'lim jarayonining mafkuraviy yadrosini tashkil etib, yoshlarning yot g'oyalarga nisbatan chidamliligini oshirmoqda.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi