Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Xovos tumanidagi maktab kutubxonalari yangi adabiyotlar bilan ta'minlandi

Xovos tumanidagi 15 ta umumta'lim maktabiga 70 million so'mlik 3 mingga yaqin badiiy va ma'rifiy adabiyotlar yetkazib berildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Xovos tumanida yosh avlodning kitobga bo'lgan mehrini oshirish, ma'naviy olamini kengaytirish va intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan amaliy ishlar bajarildi. Tuman hokimi Qomus Yuldashev tashabbusi bilan hududdagi umumta'lim maktablariga yirik miqdordagi badiiy va ma'rifiy adabiyotlar jamlanmasi taqdim etildi.

Kutubxonalar yangi kitoblar bilan boyidi

Qayd etilishicha, mazkur tashabbus doirasida 15 ta umumta'lim maktabi 3 mingga yaqin yangi kitoblar bilan ta'minlandi. Xususan, 14 ta ta'lim muassasasiga 44 nomdagi 179 tadan kitoblar topshirilgan bo'lsa, "Mening maktabim" loyihasi asosida yana 1 ta maktabga 188 nomdagi 416 dona adabiyotlar berildi. Mazkur xayrli ishning umumiy qiymati 70 million so'mni tashkil etdi.

Yetkazib berilgan kitoblar mazmunan boy bo'lib, ulardan jadid ma'rifatparvarlari ijodi, o'zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotining sara namunalari, shuningdek, jahon adabiyotining mashhur asarlari o'rin oldi. Bu esa o'quvchilarning mustaqil fikrlashi, tahlil qilishi va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi.

Kitob fondi ko'rsatkichlari

Tuman miqyosida 32 ta umumta'lim muassasasida avval mavjud bo'lgan 38 ming nusxadagi kitob fondi ushbu ko'mak evaziga yana 3 ming nusxaga ko'paydi va umumiy adabiyotlar soni 41 mingga yetkazildi.

Tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi darsliklar bo'yicha metodisti Saidakmal Eshonovning so'zlariga ko'ra, bu kabi tadbirlar bir martalik xususiyatga ega emas va kelgusida ham davom ettiriladi. Rejalarga binoan, har chorak yakunida maktab kutubxonalarini yangi adabiyotlar bilan boyitib borish ko'zda tutilgan. Mutaxassis kutubxonalarning boyishi o'quvchilarning mustaqil mutolaaga bo'lgan qiziqishini oshirib, darslardagi faollikka ham ijobiy ta'sir ko'rsatayotganini ta'kidladi.

Ota-onalar va jamoatchilik e'tirofi

Ushbu tashabbus ota-onalar tomonidan ham iliq kutib olindi. Xovoslik Muxtor ota Nosirovning fikricha, kitob fondining kengayishi bolalarga kerakli adabiyotni maktabning o'zida topib o'qish imkonini beradi. O'qituvchi nazoratidagi mutolaa esa tushunmagan o'rinlarni muhokama qilish hamda bilimlarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi