Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Texnikumlarda xalqaro ta'lim dasturlari kengaytirilib, kasbiy ta'limni qo'llab-quvvatlash bo'yicha yangi imtiyozlar belgilanmoqda

Nukus shahridagi ilg'or kasbiy ta'lim tajribasi boshqa tumanlarga joriy etilib, tadbirkorlik va usta-shogird tizimi uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o'tgan yig'ilishda Nukus shahridagi 1-son texnikumda yo'lga qo'yilgan kasbiy ta'lim tajribasini boshqa hududlarda ham kengaytirish zarurligi alohida ta'kidlandi. Mazkur texnikumda «Pearson BTEC» xalqaro ta'lim dasturi muvaffaqiyatli joriy etilgan bo'lib, uning bitiruvchilariga dunyoning 70 ta davlatida tan olinadigan maxsus kasb sertifikati taqdim etiladi.

Hududlardagi texnikumlarga ilg'or tajriba tatbiq etiladi

Qayd etilishicha, kelgusi yildan boshlab Amudaryo, Beruniy, Chimboy hamda Qo'ng'irot tumanlaridagi bittadan texnikumda ham ayni shu ilg'or tajriba amalda qo'llaniladi. Shu bilan birga, tadbirkor Salovuddin Ilyosov tomonidan texnikum bazasida 37 turdagi kichik asbob-uskunalar ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgani va yoshlarga uskunasozlik sirlari o'rgatilayotgani e'tirof etildi. Mazkur uskunalar orqali 4 ming nafardan ortiq ishsiz fuqaro o'z daromad manbaiga ega bo'lgan.

Moliyaviy yengilliklar va yosh chegarasi

Tadbirkorlik tashabbuslarini rag'batlantirish maqsadida joriy yilning 1-oktabridan boshlab asbob-uskuna xarid qilish uchun ajratiladigan ssuda miqdori sezilarli darajada oshiriladi. Unga ko'ra, ssuda summasi 20 million so'mdan 50 million so'mga ko'tariladi.

Shuningdek, milliy qadriyatlarimizga asoslangan «Usta-shogird» an'anasi doirasida kasb o'rganish istagida bo'lgan fuqarolar uchun xarajatlarni qoplab berish bo'yicha belgilangan yosh chegarasi ham o'zgartirildi. Unga ko'ra, yosh chegarasi 30 yoshdan 40 yoshgacha uzaytirilib, ko'proq aholiga imkoniyat yaratildi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi