Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Toshkent shahrida 18 mingdan ortiq o'rinli zamonaviy maktablar qurilishi boshlandi

Poytaxtda minglab bolalar uchun zamonaviy, texnologik va inklyuziv ta'lim maskanlarini barpo etish ishlari boshlab yuborildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Toshkent shahridagi ta'lim infratuzilmasini yaxshilash maqsadida poytaxtda yangi turdagi zamonaviy, texnologik, ergonomik va inklyuziv ta'lim maskanlarini bunyod etishga kirishildi. Mazkur loyihalar zarur infratuzilma hamda zamonaviy me'moriy yechimlarni inobatga olgan holda uch xil ko'rinishda ishlab chiqilgan bo'lib, ular orqali qo'shimcha 18 mingta o'quvchi o'rni yaratiladi.

Toshkent shahar hokimi o'rinbosari Durdona Rahimovaning so'zlariga ko'ra, mazkur loyihalar doirasida 12 ta zamonaviy maktab qurilishi uchun maxsus hududlar tanlab olindi. Shuningdek, qo'shimcha ravishda 16 ta zamonaviy maktabgacha ta'lim muassasasi loyihasi ham tayyorlandi. Yangi barpo etilayotgan ta'lim maskanlarining eng kam sig'imi 1505 o'rinni tashkil etadi. Shuningdek, 1840 o'rinli hamda 2000 o'rinli bo'lgan yirik loyihalar ham amalga oshirilmoqda. Kelgusi yil yangi o'quv mavsumi boshlanishiga qadar Toshkent shahrida yana qo'shimcha 18 ming o'quvchi o'rni foydalanishga topshiriladi.

Qurilish jarayoni va shart-sharoitlar

Yangi inshootlarni qurishda xalqaro tajribadagi eng ilg'or yondashuvlardan foydalaniladi. Har bir majmua 7 ta o'quv korpusidan iborat bo'lishi ko'zda tutilgan. Barcha qurilish ishlarini sakkiz oy muddat ichida to'liq yakunlash hamda ta'lim maskanlarini yangi o'quv yili boshiga qadar o'quvchilar ixtiyoriga berish rejalashtirilgan. Ushbu tashabbus poytaxt maktablaridagi o'quvchi o'rinlari yetishmovchiligini sezilarli darajada kamaytirish, ta'lim tizimi infratuzilmasini kengaytirish hamda bolalarga qulay sharoitda bilim olish imkoniyatini taqdim etishga xizmat qiladi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi