Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Toshkent shahrida ikkita davlat bog'chasi rekonstruksiyadan so'ng ish boshladi

Uchtepa tumanida ikkita davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti to'liq rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Toshkent shahri Uchtepa tumanida maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirish va bolalar uchun qulay sharoitlar yaratish borasidagi ishlar davom etmoqda. Jumladan, Zargarlik mahallasida joylashgan va 1966-yildan buyon ishlab kelayotgan 334-sonli davlat maktabgacha ta'lim muassasasi rekonstruksiya qilinib, qayta ochildi.

Zamonaviy sharoitlar yaratildi

Tantanali ochilish marosimida Toshkent shahar hokimi o'rinbosari D.Rahimova so'zga chiqib, ta'lim maskanlarini modernizatsiya qilish yosh avlod kelajagi uchun muhimligini ta'kidladi. Hozirgi kunda mazkur muassasa 390 nafar bolani o'z bag'riga olib, ular uchun xavfsiz va zamonaviy ta'lim-tarbiya muhiti hozirlangan.

601-sonli bog'cha to'liq quvvatda ish boshladi

Shuningdek, tumanning Diyorobod mahallasidagi 601-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti ham yangi qiyofada o'z faoliyatini boshladi. 1992-yilda qurilgan ushbu bino uzoq yillar davomida to'liq quvvatda ishlay olmagan edi. Muassasaning 24 ta guruhidan atigi 15 tasi ishlab, 420 nafar tarbiyalanuvchini qamrab olgandi, qolgan 9 ta guruhning yaroqsiz holati sababli 270 nafar bola bog'chaga qatnay olmagan.

Mazkur muassasa davlat rahbarining 2024-yil 24-dekabrdagi "2025 — 2027-yillarda O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori asosida yangidan qurilib, foydalanishga berildi. Natijada barcha 24 ta guruh va shuncha miqdordagi zamonaviy bolalar maydonchalari ishga tushirildi. Hozirda hududdagi 720 nafar bola sifatli maktabgacha ta'lim bilan ta'minlandi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi