Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Toshkent viloyatida ta'lim sohasiga yo'naltirilgan mablag'lar va erishilgan natijalar

Toshkent viloyatida so'nggi o'n yilda ta'lim sohasiga ajratilgan mablag'lar 31,5 trillion so'mni tashkil etib, maktabgacha va maktab ta'limida sezilarli o'zgarishlarga erishildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

So'nggi yillarda mamlakatimizda ta'lim sohasini rivojlantirish va uni zamon talablariga moslashtirish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishiga aylandi. Bu boradagi islohotlar Toshkent viloyati misolida ham yaqqol ko'zga tashlanib, so'nggi o'n yilda sohaga yo'naltirilgan mablag'lar 6,2 barobar oshdi va 31,5 trillion so'mni tashkil etdi. Ushbu mablag'lar ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda zarur sharoitlarni yaratishga xizmat qildi.

Maktabgacha va maktab ta'limidagi qamrov

Viloyatda maktabgacha ta'lim tashkilotlari soni 2016-yildagi 441 tadan bugungi kunda 2 ming 433 taga yetkazildi. Natijada maktabgacha ta'lim bilan qamrov darajasi 27,2 foizdan 73,9 foizga oshdi. Yangi o'quv yilida 61 ming 706 nafar o'quvchi 1-sinfga qabul qilindi. Bu ko'rsatkich bitiruvchilar soniga nisbatan 24 ming 324 nafarga, o'tgan yilgi qabulga nisbatan esa 4 ming 305 nafarga ko'pdir.

O'tgan o'quv yilida viloyatda 37 ming 382 nafar o'quvchi 11-sinfni tamomladi. Ularning 811 nafari oltin, 175 nafari kumush medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, 1 ming 789 nafar bitiruvchi muddatidan oldin talaba bo'ldi, 13 nafar o'quvchi esa dunyoning TOP-100 taligiga kiruvchi xorijiy oliy ta'lim muassasalari talabasi safiga qo'shildi.

Inklyuziv ta'lim va pedagoglarni rag'batlantirish

Ta'limda teng imkoniyatlarni ta'minlash maqsadida 294 ta maktabning 54 tasida to'siqsiz muhit shakllantirilib, 412 ta inklyuziv sinf va 150 ta korreksion xona tashkil etildi. Bu esa uyda ta'lim olayotgan bolalarning ham tengdoshlari bilan bir qatorda bilim olishi uchun imkoniyat yaratmoqda.

Pedagoglar salohiyatini oshirish va ularning mehnatini munosib rag'batlantirishga ham alohida e'tibor qaratilmoqda. Agar 2017-yilda pedagog xodimlarga ish haqidan tashqari to'lanadigan ustama va qo'shimcha haqlar 15 turni tashkil etgan bo'lsa, bugunga kelib ularning soni 40 tadan oshdi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi