Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Toshkentda El-yurt umidi stipendiyasi sovrindorlarini taqdirlash forumi o'tkazildi

Toshkent shahrida Prezidentning El-yurt umidi stipendiyasi sovrindorlarini taqdirlashga bag'ishlangan xalqaro forum va o'quv seminari tashkil etildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Toshkent shahrida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining El-yurt umidi stipendiyasi sovrindorlarini taqdirlashga bag'ishlangan xalqaro forum bo'lib o'tdi. Tadbirda stipendiatlar, ularning ota-onalari, davlat tuzilmalari, diplomatik vakolatxonalar va hamkor tashkilotlar vakillari hamda yoshlar ishtirok etdi.

Ta'kidlanishicha, stipendiya dasturi iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash bilan birga, uzoq muddatli davlat strategiyasining muhim qismi hisoblanadi. Asosiy maqsad O'zbekiston-2030 strategiyasi vazifalarini hayotga tatbiq eta oladigan islohotchilar va yetakchilar avlodini tayyorlashdan iborat.

O'quv seminari va muhokama qilingan masalalar

Kunning ikkinchi yarmida jamg'armaning 2026-yil 1-ochiq stipendiya tanlovi g'oliblari uchun maxsus o'quv seminari o'tkazildi. Tadbir davomida quyidagi dolzarb masalalarga alohida e'tibor qaratildi:

  • O'zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari
  • O'zbekiston tarixi, madaniyati, an'analari, turizm va investitsion salohiyati
  • Ma'naviy-axloqiy tafakkur, sog'lom dunyoqarash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, davlat tiliga e'tibor
  • Xalqaro etiket va protokol, O'zbekiston Respublikasining xorijdagi vakolatxonalari bilan hamkorlik hamda konsullik hisobida turish

Seminar faol sessiyalar, taqdimotlar va mahorat darslari shaklida o'tdi. Tadbir doirasida yoshlar Oliy Majlis Senati va Raqamli texnologiyalar vazirligi faoliyati bilan tanishib, Islom sivilizatsiyasi markaziga ekskursiya uyushtirishi, shuningdek, jadidlar hayotiga bag'ishlangan hujjatli film namoyishi va taqdirlash marosimi o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Tanlov natijalari va statistikalar

2025-2026-yillarda jamg'arma stipendiyasi uchun uchta ochiq tanlov yangilangan talablar asosida o'tkazildi. Natijada 447 nafar yoshlar, jumladan 332 nafari bakalavriat, 100 nafari magistratura va 15 nafari doktorantura yo'nalishlari bo'yicha sovrindorga aylandi. Ularning 30 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.

Xususan, 2026-yil birinchi ochiq tanlovida qatnashish uchun 18 100 dan ortiq nomzod ro'yxatdan o'tib, 1 490 nafari hujjatlarini muvaffaqiyatli yuklagan. Boshqaruv kengashi qarori bilan 210 nafar nomzod, jumladan 169 nafari bakalavriat, 39 nafari magistratura va 2 nafari doktorantura bo'yicha g'olib deb topildi.

Stipendiatlar 15 ta davlatdagi universitetlardan qabul xatlarini olishgan bo'lib, Top-5 talik davlatlar qatoriga Buyuk Britaniya, AQSH, Xitoy, Avstraliya va Koreya Respublikasi kirdi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi