Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Toshkentda YUNESKO shafeligida maktabgacha ta'lim markazi tashkil etiladi

Parijda Toshkentda YUNESKO shafeligidagi maktabgacha ta'limni rivojlantirish mintaqaviy markazini ochish bo'yicha bitim imzolandi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

YUNESKO bilan muhim kelishuv

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova Parij shahrida YUNESKO bosh direktori Hoshim Al-Anani bilan uchrashuv o'tkazdi. Muzokaralar natijasida Toshkent shahrida YUNESKO shafeligida II-toifali Maktabgacha ta'limni rivojlantirish mintaqaviy markazini tashkil etish haqidagi bitim imzolandi.

Mazkur tashabbus ilk bor 2025-yil noyabr oyida Samarqand shahrida bo'lib o'tgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi ochilish marosimi doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan edi.

Mintaqaviy ahamiyati va xalqaro hamkorlik

Osiyo va Tinch okeani mintaqasida ilk marotaba ochilayotgan ushbu markaz maktabgacha ta'lim sohasidagi islohotlarni xalqaro tajriba va ilg'or ekspertiza asosida qo'llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Shuningdek, u mamlakatimizni erta yoshdagi ta'lim yo'nalishida mintaqaviy xab sifatida yuzaga chiqarishda muhim qadam bo'ladi.

Tadbir davomida YUNESKO bosh direktori Hoshim Al-Anani O'zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevning tashkilot bilan hamkorlikni mustahkamlash borasidagi sa'y-harakatlarini hamda xalqaro ta'lim, fan va madaniyat sohasidagi tashabbuskorligini yuqori baholadi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi