Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Tozalik posbonlarining talaba farzandlari kontrakt to'lovlari qoplab berildi

Respublika bo'yicha 100 nafar tozalik posbonining davlat OTMda o'qiyotgan farzandlarining kontrakt to'lovlari to'lab berildi.

TTahririyat 1 daqiqa

Ekologiya va iqlim o'zgarishi milliy qo'mitasi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan respublika bo'yicha jami 100 nafar «Tabiat uyg'unligi himoyachilari»ga farzandlarining umumiy qiymati 916 million 718 ming so'm miqdoridagi kontrakt to'lovlari qoplab berildi.

Shu munosabat bilan, 30 dekabr kuni qo'mita raisi maslahatchisi hamda agentlik direktori Sharifbek Hasanov ishtirokida Toshkent shahridagi tanlov g'oliblari xonadonida bo'lib, maxsus sertifikatlar topshirildi. Avvalroq hududlardagi sanitar tozalash korxonalari hamda obodonlashtirish boshqarmalarining tozalik posbonlarini moddiy va ma'naviy jihatdan qo'llab-quvvatlash maqsadida «Tabiat uyg'unligi himoyachisi» tanlovi o'tkazilishi e'lon qilingandi. Bu Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16 avgustdagi 514-sonli qarorida belgilab qo'yilgan.

Tanlov tafsilotlari va g'oliblar

Mazkur tanlovda sanitar tozalash korxonalarining chiqindilarni yuklash, tashish, joylashtirish va saralash hamda obodonlashtirish boshqarmalarining tozalash ishlari bilan shug'ullanuvchi ko'p yillar davomida sadoqatli mehnat qilgan xodimlari qatnashdi. Tanlovda qatnashish uchun agentlikka jami 182 ariza kelib tushgan. Shundan so'ng, arizalar tegishli buyruq bilan tuzilgan komissiya ishtirokida nizom talablari asosida shaffof va adolatli ko'rib chiqilib, baholangan va 100 nafar munosiblari saralab olingan. Yangi yil bayrami arafasida g'oliblarning davlat oliy ta'lim muassasalarida o'qiyotgan farzandlariga agentlikning budjetdan tashqari mablag'lari hisobidan o'qish xarajatlari to'lab berildi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi