Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Urganchdagi 42-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati qanday yo'lga qo'yilgan?

Urganch shahridagi 42-sonli maktabgacha ta'lim muassasasi viloyatdagi ilg'or va namunali bog'chalardan biri sifatida e'tirof etilmoqda.

TTahririyat 2 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Urganch shahrining Kamolot mahallasida joylashgan 42-son maktabgacha ta'lim tashkiloti nafaqat shahar, balki viloyat miqyosida ham namunali ta'lim maskani sifatida e'tirof etilmoqda. Mazkur muassasa faoliyati O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari hamda takomillashtirilgan Ilk qadam davlat o'quv dasturi asosida tashkil etilgan bo'lib, ta'lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol usullardan samarali foydalanilmoqda.

Ta'lim jarayoni va pedagogik kadrlar

Ayni paytda mazkur muassasada qariyb 200 nafar tarbiyalanuvchi ta'lim-tarbiya olmoqda. Ularga 15 nafar oliy ma'lumotli pedagog ustozlik qilmoqda. Muassasa direktori Saida Utekovaning so'zlariga ko'ra, bu yerda amaliy va nazariy seminarlar hamda metodik mahorat soatlari muntazam o'tkazib kelinadi. Mashg'ulotlar o'zbek, rus va ingliz tillarida olib borilib, bu bolalarning mustaqil fikrlashi, chet tillarini o'rganishi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Bog'chada har bir bolaning shaxsiy rivojlanishiga alohida e'tibor qaratiladi. Faollik markazlari orqali bolalarning mustaqil fikrlashi qo'llab-quvvatlanadi. Guruh xonalari bolalarning yoshi va psixologiyasiga mos ravishda jihozlangan bo'lib, zamonaviy ko'rgazmali vositalar ta'lim samaradorligini oshirmoqda.

Yutuqlar va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar

Muassasa jamoasi o'tgan yili shahar miqyosida o'tkazilgan Jajji nurli yulduzchalar festivalida Ajdodlar merosi nominatsiyasi bo'yicha birinchi darajali diplomga sazovor bo'lgan. Shuningdek, mazkur jamoa viloyat bosqichida birinchi, respublika bosqichida esa ikkinchi o'rinni egallashga muvaffaq bo'lgan.

Ta'lim maskanida ma'naviy-ma'rifiy ishlarga ham katta e'tibor qaratiladi. Mustaqillik bayrami, O'lkamda Navro'z, Xotira va qadrlash kuni kabi tadbirlar ko'tarinki ruhda o'tkaziladi. Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va Amir Temur kabi buyuk siymolar tavalludi munosabati bilan uyushtiriladigan kechalar bolalarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shuningdek, Kamolot mahalla fuqarolar yig'ini hamda 30-son maktab bilan yaqin hamkorlik yo'lga qo'yilgan. Ekologik va ijtimoiy tadbirlar orqali bolalarda tabiatga ehtiyotkorona munosabat va kattalarga hurmat tuyg'ulari shakllantiriladi.

Jismoniy tarbiya va sog'lom ovqatlanish

Muassasada jismoniy tarbiya mashg'ulotlari va ertalabki badantarbiya muntazam o'tkazib kelinadi. Sog'lomjon-polvonjon musobaqalari bolalarda chaqqonlik hamda jamoaviylik ko'nikmalarini shakllantiradi. Shu bilan birga, bolalarning sog'lom ovqatlanishiga ham alohida e'tibor qaratilib, barcha taomnomalar belgilangan talablar asosida tuziladi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi