Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Uzluksiz ta'limda milliy tarbiya tizimini takomillashtirishga bag'ishlangan seminar o'tkazildi

Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida hukumat qarori ijrosiga bag'ishlangan ilmiy-amaliy seminar bo'lib o'tdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 28 yanvarda qabul qilingan "Uzluksiz ta'lim tizimida yoshlarni milliy qadriyatlarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash samaradorligini oshirish dasturini tasdiqlash to'g'risida"gi qarori ijrosiga bag'ishlangan ilmiy-amaliy seminar bo'lib o'tdi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tashkil etgan mazkur tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad qaror mazmunini soha mutaxassislari, pedagog kadrlar va ilmiy xodimlarga yetkazish hamda uning ijro mexanizmlarini tushuntirishdan iborat bo'ldi. Ishtirokchilarga "Milliy tarbiya modeli", "Kelajak soati" darslari hamda yosh davrlari kesimida tarbiyalash tizimining tashkiliy va metodik jihatlari haqida batafsil ma'lumotlar taqdim etildi.

Ilmiy-amaliy seminarning asosiy yo'nalishlari

Tadbirni institut direktori, akademik X. Ibraimov ochib berib, uzluksiz ta'lim tizimida milliy tarbiyaning yagona g'oyaviy asoslarini shakllantirish muhimligini alohida ta'kidladi. Seminar davomida quyidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi:

  • Qarorda nazarda tutilgan uch bosqichli tarbiya tizimi hamda "Milliy tarbiya modeli"ning tuzilmasi;
  • "Kelajak soati" darslarining mazmuni va metodik imkoniyatlari;
  • Oila, mahalla va ta'lim tashkilotining zamonaviy hamkorlik modellari;
  • O'qituvchilarning metodik tayyorgarligini oshirish masalalari;
  • Maktabgacha va maktab ta'limi hamda Madaniyat vazirliklari tizimlari o'rtasidagi hamkorlik aloqalari.

Seminar yakunida yoshlarda ma'naviy immunitetni shakllantirish, vatanparvarlik tuyg'ularini mustahkamlash va milliy qadriyatlarga asoslangan tarbiya tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Ishtirokchilar o'rtasida o'zaro fikr almashinib, mutaxassislar berilgan savollarga batafsil javob qaytardilar.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi