Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

JIDU akademik litseyi o'quvchilari Malayziyada o'quv-madaniy safarda bo'lib turibdi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi o'quvchilari Malayziyadagi universitetlar va ta'lim muassasalarida bo'lib, xalqaro tajriba o'rganmoqda.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi o'quvchilaridan iborat delegatsiya o'quv-madaniy safar bilan Malayziyaga bordi. Mazkur tashrif o'quvchilarning xalqaro ta'lim muhiti bilan tanishuvi, xorijiy oliy ta'lim muassasalari tajribasini o'rganishi va akademik salohiyatini oshirish maqsadida tashkil etildi.

Xalqaro OTMlar va memorandumlar

Safar doirasida delegatsiya Kuala-Lumpur shahridagi INTI International University ta'lim dargohida bo'lib, zamonaviy ta'lim tizimi, innovatsion yondashuvlar va talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni ko'zdan kechirdi. Tashrif davomida INTI International University rektori hamda JIDU akademik litseyi direktori Oydin Mannopova o'rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat A Level dasturi doirasida hamkorlikni yo'lga qo'yish, akademik almashinuvni rivojlantirish va qo'shma ta'lim loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutadi.

Shuningdek, o'quvchilar A Level dasturi asosidagi seminar va treninglarda qatnashib, xalqaro ta'lim amaliyoti hamda baholash tizimi bilan tanishdi. Shuning yani, Pine Hills International School ta'lim muassasasida ham bo'lib, ta'lim sifatini oshirish va A Level dasturini JIDU akademik litseyida bosqichma-bosqich joriy etish masalalari yuzasidan o'zaro kelishuvlarga erishildi.

Elchixona va madaniy tadbirlar

Tashrif doirasida o'quvchilar O'zbekistonning Malayziyadagi elchixonasida ham bo'ldi. Favqulodda va muxtor elchi Karomiddin Gadoyev yoshlar bilan muloqot o'tkazib, diplomatik faoliyat va yoshlarning bilimli bo'lishi muhimligini ta'kidladi. Shuningdek, elchixona tashabbusi bilan Kuala-Lumpurda Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag'ishlangan davra suhbati o'tkazildi.

Delegatsiya a'zolari Putrajaya shahridagi Islom markazi hamda Kuala-Lumpuradagi Qur'on muzeyida bo'lib, qadimiy qo'lyozmalar va xattotlik san'ati namunalari bilan tanishdi. JIDU akademik litseyi o'quvchilarining Malayziyadagi safari davom etmoqda.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi