Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Xorazmda maktab o'quvchilari o'rtasida fan olimpiadasining tuman bosqichi o'tkazilmoqda

Xorazm viloyatida 9-11-sinf o'quvchilari uchun asosiy fan olimpiadalarining tuman va shahar bosqichlari davom etmoqda.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Xorazm viloyatidagi umumta'lim maktablarining 9–11-sinf o'quvchilari ishtirokida asosiy fan olimpiadasining tuman va shahar bosqichi belgilangan reja-jadval asosida o'tkazilmoqda.

Matematika fani sinovlari

Ayni damda o'quvchilar matematika fani bo'yicha o'z bilim va salohiyatini sinovdan o'tkazishmoqda. Mazkur bellashuvlar 9-, 10- hamda 11-sinf o'quvchilari uchun alohida holda uch smenada tashkil etilgan. Ishtirokchilarga test shaklidagi topshiriqlarni bajarish uchun har bir smenada 90 daqiqa vaqt berilmoqda. Yoshlar belgilangan vaqt mobaynida o'zlarining matematik bilimlari, mantiqiy fikrlash darajasi va murakkab masalalarga yechim topish ko'nikmalarini namoyon etishmoqda.

Maqsad va muddatlar

Ushbu bilimlar sinovi o'quvchilarning aniq fanlarga bo'lgan qiziqishini yanada oshirish, iqtidorli yoshlarni o'z vaqtida aniqlash, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish hamda qo'llab-quvvatlashga qaratilgan. Eslatib o'tamiz, asosiy fan olimpiadasining tuman va shahar bosqichi 27-oktabrga qadar davom etishi rejalashtirilgan.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi