Andijon shahridagi Prezident maktabi xalqaro sertifikatlarni qo'lga kiritdi
Andijon shahridagi Prezident maktabi xalqaro akkreditatsiyalardan o'tib, Pearson GCSE imtihonlari markazi sertifikatiga ega bo'ldi.

Andijon shahridagi Prezident maktabi faoliyatida xalqaro standartlarni joriy etish va ta'lim sifatini oshirish borasida muhim natijalarga erishildi. Ayni paytda ta'lim maskanida 168 nafar o'quvchi STEAM dasturi asosida tahsil olmoqda.
Xalqaro akkreditatsiyalar va imtihon markazi maqomi
Maktab 2025 yil mart oyida CIS xalqaro akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o'tdi. Ushbu jarayon ta'lim sifati, o'quv dasturlari va xavfsizlik talablarining xalqaro mezonlarga mosligini tasdiqladi. Shuningdek, jamoa Pearson xalqaro ta'lim tashkilotining xalqaro GCSE dasturi bo'yicha imtihonlar markazi sertifikatini qo'lga kiritdi. Hozirda Cognia tashkiloti akkreditatsiyasidan o'tish ishlari olib bormoqda.
O'quvchilarning xalqaro va akademik yutuqlari
Bitiruvchilarning xorijiy OTMlarga grant asosida qabul qilinishi ortib, 2025 yilda 6 nafarga yetdi. Ular Koreyadagi KAIST va Seul Milliy Universiteti kabi nufuzli oliygohlarga o'qishga kirdi. Shuningdek, o'quvchi Shirina To'rayeva “Raqamli avlod qizlari” tanlovida g'olib chiqib AQShga sayohat qilgan bo'lsa, Bexruzbek Xoldarov Turkiyadagi xalqaro konferensiyada “Eng yaxshi delegat” bo'ldi.
Imtihon natijalari va pedagoglar e'tirofi
O'quvchilarning 100 foizi IELTS imtihonidan 6,5 va undan yuqori ball oldi. SAT imtihonida 79 foiz o'quvchi 1200 balldan yuqori natija qayd etdi. 11-sinf o'quvchisi Muxtorjon Mo'ydinov SAT'dan 1600 ball yig'ib, respublika miqyosidagi eng yuqori natijani ko'rsatdi. Cambridge A-Level natijalarida yuqori baholar ulushi 84 foizni tashkil etdi. Pedagoglar mehnati ham munosib e'tirof etilib, kimyo fani o'qituvchisi Marsden Abbey Nikole “Do'stlik” ordeni bilan mukofotlandi.
Manba: UzA



