Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Andijon viloyatida maktab o'qituvchilari malaka test sinovlarida qatnashmoqda

Mamlakatimizda umumta'lim maktabi o'qituvchilari uchun navbatdagi malaka test sinovlari bo'lib o'tmoqda.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

So'nggi yillarda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida maktablarda dars sifatini yaxshilash, pedagoglarning kasbiy mahorati va bilimini baholash hamda ularni moddiy jihatdan rag'batlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shu bois, respublikamizning barcha hududlari qatori Andijon viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazida ham o'qituvchilar malaka sinovlaridan o'tmoqda.

Sinovlar tartibi va muddatlari

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi "Maktabgacha, umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o'tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 9-aprelidan 6-mayiga qadar navbatdagi malaka sinovlari o'tkazilishi belgilangan. Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi ma'lumotiga ko'ra, jarayonlar barcha umumta'lim fanlarini qamrab olgan bo'lib, ishtirokchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Ishtirokchilar qamrovi

Bugungi kunga qadar viloyatdagi maktablarning 5 ming nafardan ziyod o'qituvchisi o'z bilim darajasini sinovdan o'tkazishga ulgurdi. 6-mayga qadar davom etadigan mazkur jarayonda Andijon viloyati bo'yicha jami 12 ming 600 nafar pedagogning ishtirok etishi rejalashtirilgan. Shahrixon tumanidagi 64-ixtisoslashtirilgan davrat umumta'lim maktabining boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi Fotimaxon Muhammadjonovaning ta'kidlashicha, shaffof ruhda o'tayotgan bunday sinovlar pedagoglarni o'z ustida muntazam ishlashga chorlaydi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi