Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Uchquduqdagi texnikumda kasbiy ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasi qanday yo'lga qo'yilgan?

Uchquduq tumanidagi 2-son texnikumda o'quvchilar dual ta'lim asosida o'qib, korxonalarda amaliyot o'tab, oylik maosh olishmoqda.

TTahririyat 2 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Mamlakatimizda yoshlarning bilim olishi, inson kapitalini rivojlantirish hamda ularning bandligini ta'minlashga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Xususan, kasbiy ta'lim tizimini yanada takomillashtirish va uni real ishlab chiqarish tarmoqlari bilan bog'lash orqali mehnat bozori uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.

Uchquduq tumanidagi 2-son texnikumda jami 623 nafar o'quvchi tahsil olmoqda. Ta'lim maskanida 28 nafar pedagog hamda 14 nafar ishlab chiqarish ta'limi ustasi yoshlarga saboq bermoqda. Ta'lim jarayoni bevosita mehnat bozorining real ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda shakllantirilgan. Agar 2025-2026 o'quv yilida bu yerda avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash, metallarga ishlov berish hamda foydali qazilmalarni boyitish kabi 12 ta yo'nalish bo'yicha qabul qilingan bo'lsa, 2026-2027 o'quv yilida ushbu yo'nalishlar soni 13 taga yetkazildi.

Dual ta'lim va ishlab chiqarish hamkorligi

O'quv maskanida o'qish jarayoni ishlab chiqarish bilan uzviy bog'langan bo'lib, hozirgi kunda 5 ta dual ta'lim guruhi faoliyat yuritmoqda. Muassasa direktori Sherzod Nazarovning ta'kidlashicha, bu tizim o'quvchilarga vaqtning bir qismida auditoriyada nazariy bilim olish, qolgan qismida esa bevosita korxonalarda amaliyot o'tash imkonini beradi. Natijada yoshlar qo'liga diplom olish bilan birga haqiqiy mehnat tajribasiga ham ega bo'lishadi.

Texnikum “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ Shimoliy kon boshqarmasi va “Navoiyuran” davlat korxonasi bilan yaqin hamkorlik o'rnatgan. Tuzilgan shartnomalar asosida o'quvchilar o'z amaliyotini to'liq ishlab chiqarish muhitida o'tamoqda. Eng muhimi, amaliyot davomida o'quvchilar mehnati uchun haq to'lanadi. Bu esa yoshlarning daromad topishi, iqtisodiy jihatdan mustaqil bo'lishi hamda kasbga bo'lgan qiziqishini yanada oshiradi.

Foydali qazilmalarni boyitish yo'nalishi o'quvchisi Nargiza Ro'ziyeva “Navoiyuran” DKK “Uchquduq” ICHM sulfat kislota ishlab chiqarish sexi laboratoriyasida amaliyot o'tayotganini va qariyb 4 million so'm oylik maosh olayotganini bildirdi. Shuningdek, ular maxsus kiyim-bosh, issiq ovqat hamda transport xizmati bilan ham ta'minlangan.

Yuqori bandlik ko'rsatkichi

Joriy yilda texnikum bitiruvchilarining 90 foizdan ortig'i o'z mutaxassisligi bo'yicha bevosita mehnat faoliyatini boshlamoqda. Bugungi bitiruvchilar faqat ish qidiruvchi emas, balki zamonaviy texnologiyalarni puxta egallagan, amaliy ko'nikmali mutaxassislar sifatida mehnat bozoriga kirib kelayotgani kasbiy ta'limdagi islohotlarning amaldagi natijasidir.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi