Farg'onadagi Temurbeklar maktabida 2025–2026 o'quv yili bitiruv marosimi o'tkazildi
Farg'ona shahridagi Temurbeklar maktabi harbiy-akademik litseyida 2025–2026 o'quv yili yakunlariga bag'ishlangan bitiruv marosimi bo'lib o'tdi.

Farg'ona shahridagi "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyida 2025–2026 o'quv yili yakunlari bo'yicha bitiruv tadbiri tashkil etildi. Ushbu bayramona marosimda Sharqiy harbiy okrug qo'mondonligi mas'ullari, Qurolli Kuchlar faxriy xodimlari, o'qituvchilar, ota-onalar va jamoatchilik vakillari hozir bo'ldi.
Tadbir davomida mamlakatda yosh avlodni vatanparvarlik hamda fidoyilik ruhida voyaga etkazish, ularga zamonaviy bilim va ko'nikmalar berish yo'lida qilinayotgan ishlar alohida tilga olindi. Ta'kidlanishicha, bunday harbiy-akademik litseylar yoshlarda liderlik xususiyatlarini, harbiy sohaga qiziqish hamda Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg'usini shakllantirishda muhim vazifani bajarmoqda. Ta'lim maskanida yaratilgan sharoitlar o'quvchilarning intellektual salohiyati, jismoniy tayyorgarligi hamda amaliy ko'nikmalarini oshirishda xizmat qilayotgani e'tirof etildi.
So'z olganlar bitiruvchilarning o'qish davridagi muvaffaqiyatlarini e'tirof etib, ularning kelgusida yurtimiz ravnaqi va xavfsizligini ta'minlash yo'lida sadoqat bilan xizmat qilishigaishonch bildirdi. Tantana yakunida harbiy orkestr jamoasining chiqishlari, faxriy qorovul saf namoyishlari hamda konsert dasturi namoyish etildi.
Manba: UzA


