Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Ipoteka bank va Vengriya elchixonasi O'zbekistonda texnik ta'limni qo'llab-quvvatlamoqda

Ipoteka bank OTP Group va Vengriya elchixonasi O'zbekistondagi uchta texnikumni zamonaviy uskunalar bilan ta'minlaydi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Ipoteka bank OTP Group hamda O'zbekiston Respublikasining Vengriyadagi elchixonasi mamlakatimizda zamonaviy kasb-hunar ta'limini rivojlantirish va xalqaro tajriba almashinuvini yo'lga qo'yish borasida hamkorlikni kengaytirmoqda. 2026-yil 11-avgust kuni Ipoteka bank OTP Group Boshqaruv raisi Adam Szentpeteri O'zbekistonning Vengriyaddagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Oybek Shaxavdinov bilan uchrashuv o'tkazdi. Muloqot davomida OTP Group faoliyati, ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash hamda texnik ta'limni rivojlantirish masalalari ko'rib chiqildi.

Hududiy texnikumlarni qo'llab-quvvatlash

Ta'lim sohasidagi sheriklik doirasida O'zbekistonning uchta hududidagi ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash rejalashtirilgan. Xususan, quyidagi muassasalar zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi:

  • Andijon viloyati Buloqboshi tumani 2-son texnikumi
  • Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani 2-son texnikumi
  • Jizzax viloyatidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Do'stlik jamoat salomatligi texnikumi

Ushbu jihozlash ishlari ta'lim sifatini oshirish, talabalarning amaliy tayyorgarlik imkoniyatlarini kengaytirish hamda malakali kadrlar tayyorlash jarayoniga ko'maklashishga qaratilgan.

Vengriyada stajirovka va xalqaro tajriba

Shuningdek, tomonlar O'zbekistonning sog'liqni saqlash, sud-huquq va madaniyat sohalari mutaxassislari uchun Vengriyada maxsus stajirovka hamda kasbiy rivojlanish dasturlarini tashkil etish masalalarini muhokama qilishdi. Mazkur loyihalarni O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag'ishlangan tadbirlar doirasida OTP Group grant ko'magida amalga oshirish ko'zda tutilgan. Bu kabi tashabbuslar yosh mutaxassislar va o'quvchilar uchun xalqaro tajribani o'zlashtirish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish hamda amaliy ko'nikmalarni yanada oshirish imkonini beradi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi