Sertifikat asosida OTMga kirganlarning qariyb 60 foizi a'lo baholarda o'qimoqda
Milliy sertifikat bilan maksimal ball olib oliy o'quv yurtiga qabul qilingan talabalarning o'zlashtirish ko'rsatkichlari tahlil qilindi.
Sertifikat orqali maksimal ball bilan oliy ta'lim muassasalariga qabul qilingan talabalarning qariyb 60 foizi a'lo baholarga o'qimoqda. Bu haqda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligida 2026/2027 o'quv yili uchun qabulning yakuniy natijalariga bag'ishlangan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.
Sertifikat tizimi va imtiyozlar muhokamasi
Songgi yillarda sertifikat va imtiyozlar orqali OTMlarga kirish amaliyotining kengayishi jamoatchilikda turli savollar va e'tirozlarni keltirib chiqargan edi. Xususan, bunday abituriyentlar sababli testda yuqori natija korsatgan boshqa yoshlarning imkoniyati cheklanayotgani aytilgandi. Vazir o'rinbosari Sardor Rajabov milliy sertifikat tizimi test sinovlariga qaraganda ancha murakkab ekanini ta'kidladi. Uning sozlariga ko'ra, sertifikat olib kirgan yoshlarning qiyinchilik darajasi va bilim olishga yondashuvi boshqacha boladi.
Talabalarning o'zlashtirish ko'rsatkichlari
Vazirlik milliy sertifikat asosida maksimal ball olib o'qishga kirgan talabalarning keyingi ozlashtirishini tahlil qilib chiqdi. Natijalarga ko'ra, talabalarning qariyb 60 foizi a'lo baholarda tahsil olayotgani aniqlangan. Yaxshi baholarga o'qiyotganlar ulushi esa 40 foizga yaqinni tashkil etadi. O'qishni o'zlashtira olmayotganlar juda kamchilikni tashkil etib, bunga turli obyektiv va subjektiv sabablar ta'sir qilishi mumkin. Shuningdek, milliy sertifikat bilan kirib, o'qishdan haydalib ketganlar soni juda kam.
Imtiyozli talabalar natijalari
O'tkazilgan tahlillarda imtiyoz bilan o'qishga qabul qilingan talabalarning o'quv jarayonidagi o'zlashtirishi, darsdan chetlashtirilishi va kursda qolish holatlari ham o'rganildi. Birlamchi ma'lumotlarga ko'ra, imtiyoz asosida talabalikka qabul qilingan xotin-qizlar eng yuqori natijalarni korsatayotgan guruh bo'lib chiqdi. Vazirlik vakilllari imtiyoz va sertifikatlar asosida o'qishga kirgan yoshlarning ta'limdagi ko'rsatkichlarini tahlil qilish ishlarini davom ettirishini bildirdi.
Manba: Kun.uz
