Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Navoiy viloyatida maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi

Navoiy viloyatida maktabgacha ta'lim va tarbiya tizimini rivojlantirishga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasining viloyat bo'limi hamkorligida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda davlat rahbarining 2026-yil 5-fevraldagi “Maktabgacha ta'lim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoni mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.

Pedagog kadrlar va nodavlat sektorni qo'llab-quvvatlash

Tadbirda soha mutasaddilarining ta'kidlashicha, yangidan tashkil etiladigan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga birinchi navbatda oliy ma'lumotli tarbiyachilar jalb qilinadi. Shuningdek, dual ta'lim tizimi tatbiq etilib, pedagogika OTMlarida maktabgacha va boshlang'ich ta'lim yo'nalishidagi bakalavrlarni tayyorlash jarayoni xalqaro ilg'or tajribalar asosidagi dasturlar asosida takomillashtiriladi. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarini kengaytirish maqsadida yer ajratish, subsidiyalar, imtiyozli kreditlar va soliq yengilliklari kabi qator imtiyozlar belgilangani qayd etildi.

Viloyatdagi qamrov ko'rsatkichlari

Bugungi kunda Navoiy viloyatida jami 1 479 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Shundan 228 tasi davlat bog'chalari, 4 tasi 2 ta tashkilotga qarashli ilk rivojlantirish markazi va 1 245 tasi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlaridir.

Hududda 3-6 yoshdagi bolalar soni 92 889 nafarni tashkil etib, ularning 81 004 nafari, ya'ni 87,8 foizi ta'lim bilan qamrab olingan. 6 yoshli bolalarni maktabgacha ta'limga jalb qilish ko'rsatkichi esa 99,5 foizga yetkazilgan. Ta'lim muassasalaridagi 3 654 ta guruhda mashg'ulotlar o'zbek, rus va qozoq tillarida “Ilk qadam” hamda “Ilm yo'li” variativ dasturlari asosida olib borilmoqda.

Maxsus xizmatlar va ilg'or markazlar

Navbahor, Konimex, Xatirchi va Nurota tumanlaridagi 14 ta maydonchada 7 ta maxsus jihozlangan “Aqlvoy” avtobusida 26 ta guruh faoliyat ko'rsatib, ularga 544 nafar bola qamrab olingan. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi “Ilk rivojlanish markazlari faoliyatini bosqichma-bosqich yo'lga qo'yish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga asosan, Karmana, Konimex, Uchquduq va Xatirchi tumanlarida Ilk rivojlanish markazlari ish boshlagan. Mazkur markazlarda ta'lim-tarbiya jarayonlari “o'yin guruhi” va “maxsus maktabgacha ta'lim xizmati” modellari asosida tashkil etilgan.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi