Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Navoiyda to'rtta milliy sertifikat olgan maktab o'quvchisi muddatidan oldin talabalikni naqd qildi

Navoiy shahridagi 9-sinf o'quvchisi to'rtta fandan milliy sertifikatni qo'lga kiritib, oliygohga kirishda maksimal ball imtiyozini ta'minladi.

TTahririyat 1 daqiqa

Navoiy shahridagi 11-ayrim fanlar chuqur o'rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o'quvchisi muddatidan oldin talabalik baxtiga muyassar bo'ldi. Mazkur ta'lim muassasasining 9-sinf o'quvchisi Firdavsbek O'ktamov jami to'rt ta fandan milliy sertifikatlarni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi.

Sertifikatlar va imtiyozlar

Aniqlanishicha, yosh o'quvchi chet tili yo'nalishi bo'yicha B2, o'zbek tili va adabiyoti fanidan A, matematika fanidan S hamda tarix fanidan A+ darajadagi milliy sertifikatlarni olgan. Ushbu natijalar unga o'zi tanlagan yo'nalishi bo'yicha oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlarida to'plash mumkin bo'lgan maksimal ballni taqdim etadi. Firdavsbek 11-sinfni tugatgan paytda qo'lga kiritgan milliy sertifikatlarining uchtasi o'z kuchida qoladi. Sababi, chet tilidan tashqari qolgan uchta fan bo'yicha olingan sertifikatlarning amal qilish muddati uch yilni tashkil etadi.

Oila muhiti va kelgusi rejalar

Firdavsbek O'ktamov pedagoglar oilasida voyaga yetgan. Uning otasi Jo'rabek To'rayev va onasi Aziza Fayziyeva oliy toifali ingliz tili fani o'qituvchilari bo'lib, har ikkisi ham Firdavsbek ta'lim olayotgan maktabda faoliyat yuritib kelmoqda.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, 9-sinfda talabalikni naqd qilgani o'quvchiga 10- va 11-sinflarni o'qimasdan, to'g'ridan-to'g'ri oliygohda o'qishni boshlash huquqini bermaydi. Amaldagi tartibga ko'ra, o'quvchi maktabni to'liq tamomlashi shart. Avvalroq mazkur maktabning 23 nafar o'quvchisi muddatidan oldin talaba bo'lgani ma'lum qilingan edi. Maktab ma'muriyatining ma'lum qilishicha, hozirgi kunda bunday iqtidorli o'quvchilar soni 26 nafarga yetgan.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi