Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekiston va Germaniya hamkorligida dual ta'lim dasturi yo'lga qo'yildi

Farg'ona texnikumlari o'quvchilari Germaniya kompaniyasi bilan hamkorlikda kasb va nemis tilini o'rganib, dual ta'lim asosida xorijda o'qish va ishlash imkoniyatiga ega bo'lmoqda.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

O'zbekistonda so'nggi yillarda kasbiy ta'lim va xorijiy tillarni o'qitish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Xususan, Farg'ona viloyatidagi 6 ta texnikumda 11 ta mutaxassislik bo'yicha 526 nafar yoshlar xalqaro ta'lim dasturlari asosida tahsil olmoqda. Jumladan, Marg'ilondagi 4-sonli texnikum Germaniyaning “Askania Bildung” kompaniyasi bilan sheriklikda uchta yo'nalish bo'yicha 250 nafar yoshga kasb va til o'rgatmoqda.

Dual ta'lim va xorijda amaliyot jarayoni

Texnikumlarda logistika, qurilish texnologiyasi va elektrotexnika yo'nalishlari bo'yicha darslar berilmoqda. O'quvchilar birinchi bosqichda to'qqiz oy davomida nemis tili va mutaxassislik fanlarini o'rganadi. Til bo'yicha kamida B-1 darajasidagi sertifikatni qo'lga kiritgan o'quvchilar uch oy davomida Germaniyada amaliyot o'taydi. Shundan so'ng o'qish Germaniyadagi kasbiy ta'lim tashkilotlarida dual ta'lim shaklida davom ettiriladi.

Dual ta'lim tizimiga ko'ra, yoshlar ham o'qiydi, ham ishlaydi. Germaniyada ularga 900–1200 yevro miqdorida stipendiya to'lanadi. Dastur yakunida bitiruvchilarga Yevropa standartidagi diplomlar topshiriladi. Shundan keyin ular 3500–4000 yevro maosh belgilangan mutaxassis lavozimlarida Germaniyada qolib ishlash imkoniyatiga ega bo'ladi.

O'quvchilarning rejalari

Sakkiz oy davomida nemis tilini o'zlashtirib, B-1 sertifikatini olgan va quruvchi hamda elektrik kasblarini egallagan yoshlar hozirda Germaniyaga safar taraddudini ko'rmoqda. O'qishni xorijda davom ettiradigan o'quvchilar Yevropa mamlakatlarida o'z mutaxassisligi bo'yicha faoliyat yuritish huquqini beruvchi diplomga ega bo'lishadi va kelgusida O'zbekistonga qaytib mamlakat rivojiga o'z hissasini qo'shishni rejalashtirgan.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi