Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekistonda o'tayotgan 58-xalqaro kimyo olimpiadasi ishtirokchilari fikrlari

Toshkentda 58-xalqaro kimyo olimpiadasi boshlandi. Musobaqa ishtirokchilari va xorijiy mentorlar yurtimizdagi shart-sharoitlar haqida fikr bildirdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

O'zbekiston mezbonlik qilayotgan 58-xalqaro kimyo olimpiadasi yuqori nufuzi va keng ko'lami bilan e'tiborga molikdir. Ushbu nufuzli bilimlar musobaqasi mamlakatimizda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga qaratilayotgan e'tibor hamda ustozlarning mehnatining amaldagi samarasidir.

Tadbirga tashrif buyurgan xorijiy davlatlar vakillari, ishtirokchilar va mentorlar O'zbekistonda yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan o'z taassurotlarini bo'lishishdi.

Xorijiy mutaxassislar va o'quvchilar fikrlari

Meksikalik mentor Karlos Mauriko Kastro Akuna bu kabi musobaqalarda eng iqtidorli yoshlar qatnashishini ta'kidlab, mazkur olimpiadaning yurtimizda o'tkazilishi davlat rahbarining yoshlar ta'limiga qaratayotgan e'tiboridan dalolat ekanini aytdi. Bangladeshlik ishtirokchi Ma'ruf Addin esa ochilish marosimi ko'tarinki ruhda o'tganini qayd etib, kimyo fani farmatsevtika, ekologiya, tibbiyot va sanoat kabi ko'plab sohalar taraqqiyotida muhim o'rin tutishini ta'kidladi.

Belaruslik mentor Aleksandr Zurayev o'quvchilar bir yildan buyon tayyorgarlik ko'rganini, Belarus jamoasi 2025-yilda O'zbekistonda o'tkazilgan al-Beruniy nomidagi xalqaro fan olimpiadasida ham muvaffaqiyatli qatnashganini esladi. Gana Respublikasidan kelgan o'quvchi Esun Kim hamda braziliyalik ishtirokchi Joao Marselo Alves Aires O'zbekistonning boy tarixiy merosi, Buyuk ipak yo'li chorrahasida joylashgani va ochilish marosimi yuqori saviyada tashkil etilganini e'tirof etishdi.

Fan olimpiadalarining ahamiyati

Fan olimpiadalari iqtidorli yoshlarning intellektual salohiyatini sinovdan o'tkazib, mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi va fan sirlarini chuqur anglashga kuchli turtki beradi. Bunday nufuzli musobaqalar kelajak olimlari va yuqori malakali mutaxassislarni shakllantirishda mustahkam poydevor vazifasini bajaradi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi