Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekistonda "Yangi avlod" bog'chalari tarmog'i tashkil etilib, ustamalar belgilanadi

Maktabgacha ta'lim tizimida qamrovni kengaytirish, "Yangi avlod" bog'chalarini ochish va xodimlarga ustama to'lash rejalashtirilmoqda.

TTahririyat 1 daqiqa

Mamlakatimizda maktabgacha ta'lim bilan qamrov ko'rsatkichi 78 foizga yetdi. Shunga qaramay, qamrovni 80 foizga chiqarish uchun qo'shimcha bog'cha o'rinlarini yaratish zaruriyati saqlanib qolmoqda, 39 ta tuman va shaharda esa bu ko'rsatkich 70 foizdan pastligicha qolmoqda. Shuningdek, davlat bog'chalaridagi pedagoglarning 61 foizi, nodavlat muassasalardagining esa 76 foizi o'rta maxsus ma'lumotga egaligi kadrlar salohiyatini oshirishni talab qiladi.

Taqdimotda ushbu masalalar muhokama qilinib, maktabgacha ta'limni yangi bosqichga olib chiqish choralari belgilandi. Jumladan, bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarining o'quv dasturi majburiy umumiy o'rta ta'limning dastlabki bosqichi sifatida joriy etiladi. Bu bolalarni maktabga sifatli tayyorlash va ta'lim uzluksizligini ta'minlashga xizmat qiladi. Tizimda o'yinga asoslangan ta'lim modeli tatbiq etilib, bolalarning tabiiy qobiliyatlari va qiziqishlari e'tiborga olinadi.

"Yangi avlod" bog'chalari va xodimlar uchun ustamalar

Hududlarda "Yangi avlod" maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini shakllantirish ko'zda tutilgan. Unga ko'ra, 2026-2028 yillarda har bir hududda 120 o'rinli shunday davlat bog'chalari va ularning tarkibida Bolalarni rivojlantirish innovatsion markazlari ochiladi. Ushbu muassasalarda qo'shimcha rahbar hamda tarbiyachi-yo'riqchi shtatlari kiritilib, rahbar va pedagog xodimlarga tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida har oylik ustama beriladi. Shuningdek, maktabgacha va umumiy o'rta ta'lim xizmatlarini ko'rsatuvchi nodavlat muassasalarga ham bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarini tashkil etishga ruxsat beriladi.

Kadrlar tayyorlash va elektron sertifikatlar

Kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida 2026-2027 o'quv yilidan boshlab pedagogika OTMlarida maktabgacha va boshlang'ich ta'lim yo'nalishlari dasturlari xalqaro ilg'or tajribalar asosida takomillashtiriladi. Amalda ishlayotgan o'rta maxsus ma'lumotli pedagoglar uchun esa dual ta'lim (“5+1”) asosida bakalavrlar tayyorlash yo'lga qo'yiladi.

Bundan tashqari, 2027-2028 o'quv yilidan boshlab maktabga tayyorlov guruhlarida o'qigan bolalarga davlat namunasidagi elektron sertifikat beriladi va bu ma'lumot umumiy o'rta ta'lim to'g'risidagi shahodatnomada qayd etiladi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi