Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekistonlik iqtidorli o'quvchilar va maslahatchilar AQSHdagi xalqaro yozgi ta'lim dasturida qatnashmoqda

Prezident iqtidorli farzandlari milliy dasturi doirasida 10 nafar o'quvchi va maktab maslahatchilari AQSHning UPenn universitetida ta'lim olmoqda.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Davlat rahbarining 2025-yil 15-maydagi tegishli farmoni asosida amalga oshirilayotgan “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi doirasida iqtidorli yoshlar uchun xalqaro ta'lim imkoniyatlari izchil kengaytirilmoqda.

Dasturning navbatdagi bosqichida milliy reytingda eng yuqori natijalarni qayd etgan 10 nafar o'quvchi hamda o'quvchilarni dunyoning nufuzli universitetlariga tayyorlash va qabul qilinishida yuqori samaraga erishgan maktab maslahatchilari AQSHdagi IVY League tarkibiga kiruvchi University of Pennsylvania (UPenn) tomonidan tashkil etilgan xalqaro yozgi ta'lim dasturida ishtirok etmoqda.

Zamonaviy ta'lim metodikalari va tajriba almashish

Dastur davomida ishtirokchilar UPenn professorlari va xalqaro ekspertlar tomonidan o'tkazilayotgan mashg'ulotlarda qatnashib, zamonaviy ta'lim metodikalarini o'zlashtirmoqda. Shuningdek, ular xalqaro akademik muhitda tajriba almashish, ilmiy va amaliy ko'nikmalarini mustahkamlash hamda dunyoning yetakchi oliy ta'lim muassasalarida tahsil olish uchun zarur bilimlarni egallash imkoniga ega bo'lmoqda.

Mazkur tashabbus iqtidorli yoshlarni xalqaro maydonda qo'llab-quvvatlash, ularning raqobatbardoshligini oshirish va O'zbekiston yoshlari uchun dunyoning eng nufuzli universitetlarida ta'lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga qaratilgan islohotlarning amaliy ifodasi hisoblanadi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi